«TAMARA - TEXTIL» MChJ TOMONIDAN 366 MLN. SOʻMLIK LOYIHA AMALGA OShIRILADI
Amudaryolik Tamara Yusupova 2009-yilda tikuvchilik boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini boshlagan edi.
Oʻz ishini dastlab 3 mln. soʻm, keyinchalik 40 mln. soʻm kredit olib kengaytirishga erishgan qiz “Tamara - Textil” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tuzdi va joriy yilda tumanda tashkil qilinayotgan kichik sanoat zonasi uchun bino va inshootlar ajratish boʻyicha tender savdosida ham oʻz loyihasi bilan ishtirok etib, gʻolib boʻldi.
Ayni paytda kichik sanoat zonasidan korxona uchun ajratilgan binoda taʼmirlash va jihozlash ishlari olib borilmoqda. Keyingi yilda ishga tushirilishi moʻljallanayotgan loyiha qiymati 366 mln. soʻmni tashkil etib, uning 230 mln. soʻmi tadbirkorning oʻz mablagʻi, qolgan 136 mln. soʻmi esa “Milliy bank” tomonidan ajratiladigan kredit mablagʻi hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Korxonada 15 ta ish oʻrni yangidan tashkil etilib, ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari, toʻquvchilik mahsulotlari tayyorlashni yanada koʻpaytirish moʻljallanmoqda. Undan tashqari, eksportni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Korxonada OʻzLiDeP tuman Kengashining boshlangʻich partiya tashkiloti tuzildi va yangidan 5 nafar qiz ishga joylashtirilib, ular partiya aʼzoligiga qabul qilindi.
Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan biznes-forumda ishtirok etib, undan ruhlangan korxona rahbari Tamara Yusupova tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali ham oilasiga daromad keltirib, ham tuman iqtisodi yuksalishiga hissa qoʻshgan faol tadbirkor ayollarimizdan biridir. Biz uning kelgusidagi ishlariga omadlar tilaymiz!
Muqaddas BEKNAZAROVA, OʻzLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶