TADBIRDA MUSTAQILLIKNING AHAMIYaTI TARGʻIB ETILDI
Ayni kunlarda tumanimizning barcha hududlarida mustaqilligimizning 27 yilligi oldidan bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Tadbirlarda xalqimizni bugungiday ozod, farovon kunlarga yetkazgan, barcha bunyodkorliklar, yangilanishlarga asos boʻlgan istiqlolimizning qadr-qimmati keng targʻib qilinmoqda ana shunday farahli kunlarning abadiy boʻlmogʻi uchun ogoh va sergak boʻlish lozimligi tushuntirilmoqda.
20-avgust kuni Beruniy nomli mahallada ham “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda MFY xodimlari, faollari, aholisi, hududda joylashgan korxona, tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Bayram tadbirini mahalla oqsosoli Maxsud Jabborov ochdi va barchani eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 27 yilligi bilan qutladi. Xalq taʼlimi faxriysi Soliy Sobirov, 31-maktab direktori Nilufar Davletova, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yoʻldosh Obdolovlar barchani xalqimiz hayotida yangi sahifa ochgan, erkin va farovon hayot barpo etish imkonini bergan mustaqilligimizning qadri, ahamiyati haqida gapirdilar va barchani ana shunday ulugʻ ayyom tantanasi bilan muborakbod etdilar.
Tabriklar maxsus tayyorlangan musiqiy dasturga ulanib ketdi.
Madaniyat boʻlimi xodimlari va 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari ijro etgan istiqlolni, baxtyor zamonamizni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar barchaga manzur boʻldi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶