HARBIY XIZMATChILAR VA ULARNING OILA AʼZOLARI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI
Diyorimiz sarhadlarini jasur va mard harbiylar tunu-kun sergak turib qoʻriqlaydi. Vatanga koʻksini qalqon qilayotgan yurt himoyachilari buni muqaddas burch deb bilib, sharaf bilan ado etadi.
Davlatimiz tomonidan oʻz navbatida harbiy xizmatchilar va oila aʼzolari qoʻllab-quvvatlanib, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ularga oila aʼzolari bilan birgalikda yashashlari uchun barcha sharoitlarga ega xizmat uylari qurib berildi. Xizmat vazifalarini ado etish bilan birga madaniy va maʼrifiy hordiq chiqarishlari uchun harbiy qismlarda dam olish xonalari, kutubxonalar tashkil etildi. Shuningdek, harbiylarning nafaqat oʻzlari, balki oila aʼzolarining ham salomatliklarini nazorat qilib turish maqsadida muntazam tibbiy koʻrik oʻtkazilib turiladi.
Tumandagi chegara qoʻshinlari boʻlinmalari, yaʼni 9202 “K” va “D” harbiy qismlari harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari Markaziy poliklinika shifokorlari tomonidan navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Tibbiy koʻrik davomida harbiy xizmatchilar, ularning rafiqalari va farzandlari laborator tahlillar topshirib, har bir mutaxassis shifokor koʻrigida tekshiruvdan oʻtdilar.
Tibbiy koʻrik davomida shifokorlar tomonidan salomatlikni mustahkamlashga doir zarur muolajalar va profilaktik chora-tadbirlar tavsiya qilindi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻldilar.
E.ALYaMINOV, 9202 harbiy qism serjanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶