11 nafar amudaryolik Haj ziyoratiga joʻnab ketdi
Haj ziyorati eng ulugʻ ibodat va musulmonchilik farzi hisoblanadi. Haj farzini ado etish uchun haj safariga otlanishning oʻz tartib-qoidalari bor. Shunga muvofiq, davlatimiz tomonidan muborak haj amallarini ado etish uchun qulaylik va zarur sharoitlar yaratilgan.
Bu borada oʻtgan yili Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tegishli qarori qabul qilingan edi. Unga koʻra, tumanimizda ham Haj safariga otlanishni niyat qilgan fuqarolarning nomzodlarini saralab olish uchun mahallarda ishchi guruhlar tuzildi.
Bu yilgi Haj mavsumi arafasida bu boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan 11 nafar ziyoratchilar nomzodi saralab olinib, tuman ishchi guruhiga taqdim etildi. Tuman ishchi guruhi tomonidan har bir nomzod bilan belgilangan tartib-qoidalar asosida suhbat oʻtkazilganidan soʻng, ular haj safariga yuborishiga tavsiya etildi.
6-avgust kuni nomzodlari koʻrsatilgan 11 nafar yurtdoshimiz Haj safariga joʻnab ketdilar.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶