24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 956

INSON MANFAATLARI USTUVOR, QADRI BALAND YuRTDA YaShASh HAM BAXT

INSON MANFAATLARI USTUVOR,  QADRI BALAND YuRTDA YaShASh HAM BAXT

«Oʻtgan davr biz uchun gʻoyat muhim bir haqiqatni takror va takror tasdiqlab bermoqda. Erkin va farovon hayotimizni, buyuk kelajagimizni faqat mustaqillik asosida qurishimiz, odamlarimiz, el-yurtimizni faqat mustaqil siyosat asosida rozi qilishimiz mumkin. Faqat mustaqillik bugungi va kelgusi avlodlar uchun misli koʻrilmagan imkoniyatlar eshigini ochib beradi».

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qaroridagi ushbu satrlar nazarimda har bir yurtdoshimizning dilidan kechayotgan oʻylar — iqrorlar ifodasi. Chunki mustaqillik bizga oʻz taqdirimizni oʻzimiz yaratish, oʻz yurtimizga oʻzimiz beklik qilish, ozod, obod va farovon turmushni bunyod etish imkonini berdi. Avval... avvalgi davr haqida oʻylasam... negadir koʻnglimda ogʻriq uygʻotadigan voqealar jonlanaveradi.

Adashmasam, bu saksoninchi yillarning oʻrtalarida boʻlgan voqea. “Amudaryo haqiqati” gazetasining maqolalari u paytlarda 4-bosmaxona linotip mashinasida qoʻrgʻoshinda terilar, ulgurmaganlarini, sarlavhalarini ishchilar qoʻlda terib, sahifaga joylashtirishar edi.

Koʻpincha yarim kecha, hatto baʼzan tonggacha davom etadigan bunday jarayonda navbatchilik qilgan gazeta xodimi, bosmaxona ishchisi ham horib-charchar edi. Shuning taʼsirimi, yo ishqilib gazetaning birinchi sahifasidagi bir maqolaning sarlavhasida KPSS degan soʻz KSPS boʻlib ketganini hech kim sezmay qolgan. Buni ertalab bilgan tahririyat xodimlarining ahvolini tasavvur qilish qiyin. Chunki oʻsha paytlarda sovet ittifoqi kommunistik partiyasi mamlakatning urib turgan yuragi, boshqaruvchi kuchi edi. Uning nomini gazetada xato yozishning oqibatini oʻylash yuraklarga vahima solar edi.

Shularni oʻylab-oʻylab, oʻsha vaqtdagi gazeta muharriri boʻlgan opamiz gazetadan ikki nusxa olib, raykom sekretarining oldiga kirib, yigʻlab yuboribdi. Opaning oʻzini bosolmay turganini koʻrib, raykom sekretari:

— Tinchlikmi? — deb soʻrabdi.

— Bizdan bir xato oʻtib ketibdi. Shunga uzr soʻrab, boshimni egib keldim, kechiring, — debdi opa.

— Qanaqa xato ekan? – soʻrabdi hayron boʻlgan raykom sekretari.

Shunda opa gazetadagi sarlavhani koʻrsatib, yana yigʻlayveribdi.

Raykom sekretari gazetaga qarab turib:

— Ikki harf oʻrin almashibdi-ku, xolos, KSPS boʻldi nima-yu, KPSS boʻldi nima,— degan ekan.

Bu voqeani eslashdan maqsadim oʻsha vaqtdagi rahbarlarning bilimi sayozligidan biron voqea-hodisaga real baho berishdan ojizligi uchun odamlar nohaq jazolanaverishgan, necha-necha odamlarning beayb umrlari xazon boʻlgan. U paytlarda xalq huquqiy savodsiz, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlarining aytgani-aytgan, degani degan edi.

Toʻlqin ovulida hovli-joyi juda goʻzal, fayzli, bogʻli xonadonda bir kuni rahbarlar tumanga kelgan komissiyalarni mehmon qilishgan. Shunda tuman prokurori mehmonlarni kuzatib qoʻygach, xonadon sohibini yoniga chaqirgan. Kim boʻlib ishlashini soʻragan.

— Bogʻbonman, — debdi u kishi.

— Shu hovlingni menga sot, — debdi prokuror. – Senga boshqa joy solishga xohlagan hududingdan, xohlaganingcha yer beraman.

Chamasi oʻsha prokuror hovlini sotib olib, boʻsh vaqtlarda dam olishni moʻljallagan.

Xonadon egasi avval dovdirab qolibdi. Keyin oʻziga kelib:

— Yoʻq sotolmayman, bolalarim bor, yana bir hovlini solib, bunchalik qilgunimcha qancha vaqt kerak, ungacha bolalarim qiynaladi, — debdi.

Bogʻbon bechoraning bu “odobsizligi” ancha “qimmat”ga tushgan. Yaxshiyam oradan ikki oycha vaqt oʻtgach, oʻsha prokuror boshqa tumanga ishga yuborilibdi.

Eh-hey, eslayman, desangiz – oʻsha vaqtlarda mustabid tuzum jarohat solmagan, azoblanmagan oilani topish qiyin.

Shularni hozirgi yoshlarga aytsangiz – goʻyo ertak tinglaganday boʻladi, ishonmogʻi mushkul. Boisi... boisi bugun hayot oʻzgacha! Vatan Hur, Ozod, Farovon! Ilohim baxtimiz, saodatimiz, mustaqilligimiz bardavom boʻlsin!

Keyingi yillarda koʻngillarimizni toʻlqinlantirib, hayotda yana shunday qutlugʻ oʻzgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqdaki, yaʼni shu aziz Vatanning har bir fuqarosi, har bir bolasi xoh u sogʻlom, xoh u nogiron boʻlsin, barcha eʼtibordan, gʻamxoʻrlikdan chetda qolmayapti. Bosh qomusimizda oʻz ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama taʼminlashga eʼtibor kuchaytirilmoqda.

Bu borada xalq bilan oshkora muloqotning yoʻlga qoʻyilishi, davlatimiz rahbaridan tortib, viloyat, tuman rahbarlarining ovulma-ovul, mahallama-mahalla yurib, xalq bilan ochiq muloqot qilishi, Prezident virtual qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalariga yurtdoshlarimizning toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniyati yaratilgani ularning turmushidagi muammolarni aniqlash, bartaraf etish choralarini koʻrish imkoniyatini yaratdi.

Shu boisdan ham 2017-yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nomlandi.

Aslida xalq bilan muloqot va inson manfaatlari degan jumlalar bir-biri bilan uzviy bogʻliqdir. Avvalo ochiq muloqot qilib, xalq dardi, qiynayotgan muammolari tinglansa, ularni bartaraf etish orqali manfaatlari taʼminlanadi.

2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nomlanishiga muvofiq qabul qilingan Davlat dasturi ijrosi odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish, ogʻirini yengil qilish – turmush sifati oshishiga, fuqarolarning davlat va jamiyatga ishonchi ortishiga, oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga imkon yaratdi, desak xato boʻlmas.

Agar tumanimiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, faqatgina joriy yilning oʻtgan olti oyi mobaynida tuman Xalq qabulxonasiga fuqarolardan 243 ta murojaatlar kelib tushgan, shuning 85 tasi qabulxona xodimlari tomonidan koʻrib chiqilgan va hal etilgan, 144 tasi tuman hududidagi idora va tashkilotlarga, 14 tasi oʻrganib chiqish, muammolarni hal etish soʻralib, yuqori tashkilotlarga joʻnatilgan.

Shuningdek, tuman hokimi ovul va mahallalarda yil boshidan beri 34-marta sektorlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar oʻtkazdi, xonadonma-xonadon yurdi va aholining turmush tarzini oʻrgandi, ularni qiynayotgan muammolarni tinglab, ijobiy hal qilishga intilmoqda.

Fuqarolarning emin-erkin va baxtiyor yashashini taʼminlashning yana bir muhim omili borki, bu – qonun ustuvorligiga erishish va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish ekanligi barchaga ayon.

Shuni alohida eʼtirof etish joizki, bu borada keyingi yillarda Prezidentimizning qabul qilgan Farmonlari sohada juda katta tarixiy qadam boʻldi. Sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmogʻi sifatida tashkil etish, uni oʻtmishimizdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi organga aylantirish borasida salmoqli ishlar qilindi. Bunda mamlakatimizning barcha tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini, maʼmuriy sud ish yurituvini taʼminlash maqsadida maʼmuriy sudlar faoliyati yoʻlga qoʻyilganini, xoʻjalik sudlari iqtisodiy sudlar qilib oʻzgartirilganini taʼkidlash zarur.

Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan buningdek oʻzgarishlar fuqarolarning haqli eʼtiroflariga sabab boʻlayotir. Sud majlislarining sayyor holda jamoatchilik oldida oʻtkazilishi uning tarbiyaviy ahamiyatini oshirayapti.

Har bir inson dunyoga kelar ekan albatta, baxtli, saodatli, emin-erkin, oʻz oilasi bagʻrida bexavotir yashashni istaydi.

Shu haqda oʻylaganimda, dunyoning turli hududlarida odamlar turlicha yashayotgani, kimlardir talo-toʻp, qirgʻinlarda aziyat chekayotgani, kimlardir insoniy haq-huquqlari toptalib, ularga jismoniy kuch sifatida qaralayotgani xayolimga keladi, bolasini xavf-xatardan omon saqlash uchun yugurib-yelayotgan, ogʻir sharoitda yashagani uchun bemavrid jon berayotgan goʻdagini bagʻriga bosganicha nola qilayotgan onalar koʻz oʻngimda gavdalanaveradi.

Shunda... shunda... beixtiyor Oʻzbekistonday jannatmakon yurtda tugʻilganim, oʻz oilamda tinch-osoyishta, farovon yashayotganim, farzandlarim, nevaralarim bagʻrimda ulgʻayib, bexavotir ishlab, orzu-umidlarim roʻyobga chiqayotgani uchun Yaratganga beadad shukronalar aytaman. Chor-atrofga qarab shoʻx-shodon, ertangi kunidan koʻngli toʻq yurtdoshlarimni koʻrib, koʻnglim faxrga, iftixorga toʻladi.

Iloho, toleimizga koʻz tegmasin, bizga shunday farahli kunlarni hadya etgan mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026