Qurilish va taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda
Joriy yilda tumanda Investitsiya dasturi doirasida 17 ta obʼektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.
Jumladan, Qilichboy ovuli hududidagi 8-sonli maktab binosini rekonstruktsiya qilish, Choykoʻl ovuli hududidagi 42-sonli maktab binosini kapital taʼmirlash, 2018-2020-yillarda rekonstruktsiya qilinishi rejalashtirilgan Qipchoq ponton koʻprigini rekonstruktsiya qilish, “Oq oltin” qishloq oilaviy poliklinikasi binosini taʼmirlash, “Quyi-Qipchoq” suv inshootini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 12 ta obʼektni, jumladan 3 ta suv obʼektini, 4 ta koʻp qavatli binolarni va 5 ta obʼektda ichki koʻcha yoʻllarini mukammal taʼmirlash rejaga kiritilgan.
Shu kungacha 42-sonli maktabda kapital taʼmirlash ishlari 80 foizga, “Oq oltin” ovulidagi qishloq oilaviy poliklinikasi binosini kapital taʼmirlash ishlari 90 foizga va Qilichboy ovuli hududidagi 8-sonli maktab binosini rekonstruktsiya qilish ishlari 80 foizga ado etildi.
«Choykoʻl» ovulidagi 42-maktab binosi «Sanjar Diyor building» MChJ tomonidan kapital taʼmirlanmoqda.
Suratda: MChJ rahbari A.Qozoqboyev (oʻrtada) ishchilar T.Odilboyev (chapda) va A.Allaqulovlar bilan ish paytida.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶