24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:10
Jamiyat 👁 725

DEPUTAT MINBARI

DEPUTAT MINBARI

Soliq sohasidagi oʻzgarishlar iqtisodiyot rivojiga va xalq manfaatlariga xizmat qiladi

Madamin KAZAKOV,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

Prezidentimizning yaqinda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida soliq sohasidagi iqtisodiy oʻsish, tadbirkorlik borasidagi faollikning oshishi va toʻlovlar yigʻiluvchanligini taʼminlash kabilarga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, bu borada Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadi koʻzlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi doirasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab mehnatga haq toʻlash fondiga soliq yuki kamaytiriladi. Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasi 12 foiz miqdorida joriy etiladi. Shundan 0,1 foizi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi va ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 barobari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish mezonlari esa davlat maqsadli jamgʻarmalariga yuridik shaxslarning tushumidan undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qilish, foyda soligʻi stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha, dividentlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan foyda soligʻi stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish hamda tadbirkorlik subʼektlari uchun baʼzi soliq turlarini joriy etish kabilar orqali takomillashtiriladi.

Shuningdek, Farmonga koʻra, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yuridik shaxslar koʻchmas mulkining bozor qiymatini aniqlash mexanizmini joriy qilish yuzasidan chora-tadbirlar kiritiladi. Farmonda koʻrsatilgan soliq tizimini isloh qilish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda 1-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-2021-yillarga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi ham ishlab chiqiladi.

Mamlakatimizda soliq yukining izchillik bilan kamaytirilishi hamda mazkur Farmonda koʻrsatilganidek, soliq toʻlashni oʻzgartirish, tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan belgilangan soliqlar farqini bartaraf etish, foyda soligʻi stavkasini pasaytirish kabilarning amalga oshishi natijasida aholi daromadlari yanada ortadi. Bu oʻz navbatida iqtisodiy rivojlanishga ham samarali taʼsir koʻrsatadi.

***

HAQIQIY YeR EGASI UChUN HAM MODDIY, HAM MAʼNAVIY RAGʻBAT

Ulugʻbek OʻROZBOYeV, xalq deputatlari tuman

Kengashi deputati, fermer.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 9-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 10-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasining rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu Farmon va Qaror tufayli fermer, dehqon xoʻjaliklari egalari va tomorqachi dehqonlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Jumladan, ushbu hujjatlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqachilarga tegishli boʻlgan ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini taʼminlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini koʻpaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning shu yil, 26-iyun kuni qabul qilgan “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori fermerlarni, dehqon xoʻjaligi egalarini va tomorqachi fuqarolarni yanada ruhlantirib yubordi. Chunki bu qaror yerdan unumli foydalanib, moʻl-koʻl qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda fidokorona mehnat qilgan dehqonlarni maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish maqsadida qabul qilingan muhim hujjatdir.

Shulardan xulosa qilib aytganda, endilikda haqiqiy yer egalarini va haqiqiy mehnat kishilarini moʻl daromad va mukofotlar kutadi.

***

MTM SOHASIDA DAVLAT–XUSUSIY ShERIKLIKNI RIVOJLANTIRIShGA KENG YOʻL OChILDI

Gulmirza BOBOJONOV,

52-maktab oʻqituvchisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati:

2018-yil 25-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTMlar tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratiladi va boʻsh turgan davlat mulki obʼektlari tadbirkorlik subʼektlariga bepul asosda beriladi, shuningdek, qurilish ishlarini olib borish uchun foizsiz kreditlar ajratiladi. Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi qatʼiy nazorat qilib boriladi. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad – bolajonlarni maktabgacha taʼlim-tarbiya bilan qamrab olish darajasini oshirish, ularning sogʻlom, zukko boʻlib ulgʻayishlariga erishishdir.

Albatta, yoshlikda olingan ilm — toshga oʻyilgan naqsh kabi, degan ibora bejiz aytilmagan. Kichkintoylarimiz maktab taʼlimiga MTMlarda munosib tarbiyalanib, kirib borsalar, bu oʻzining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.

Bolajonlarni MTMlarlarga qamrab olishni yaxshilash tumanimizda ham dolzarb vazifalardan biri boʻlib turibdi. Chunki ayni kunda 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Bu bogʻcha yoshidagi bolajonlarning 29,7 foizini qamrab olish imkoniyatini berayapti.

Joriy yilda 10 ta nodavlat MTMlarning faoliyat boshlashi rejalashtirilgan edi. Hozirgacha 1 ta ana shunday muassasa ish boshladi. Qolganlarida qurilish ishlari boshlanib ketdi. Endilikda maktabgacha taʼlim tizimining nodavlat sektorini rivojlantirishga va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga eʼtibor kuchaytirilaveradi.

Bu borada faoliyat olib borishni istagan tadbirkorlik subʼektlariga yaratilgan imkoniyatlar MTM sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga keng yoʻl ochishi shubhasiz.

Biz deputatlar bu boradagi hukumatimiz qarori hayotga tatbiq etilishiga oʻz hissamizni qoʻshishga intilamiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026