Fermer xöjaliklarining işçilari, mexanizator va suvçilar rağbatlantirilmoqda (+video)
Tuman hokimi va barça sektorlar rahbarlari fermer xöjaliklarining işçilari, mexanizator va suvçilar bilan uçraşib, ularga yaratilgan şaroitlar, oylik iş haqilarining öz vaqtida tölanişini örganib, fidoyi işçilarni rağbatlantiriş maqsadida hududlarda tadbirlar ötkazmoqda.
Yaqinda Qipçoq ovulida ilğor fermerlar, ijaraçi-dehqonlar, mexanizatorlar va suvçilar bilan uçraşuv ötkazildi. Unda 1-sektor rahbari, tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev iştirok etdi. Aytiş kerakki, barça fermer xöjaliklarida işçilar uçun zarur şaroitlar yaratilgan. Mexanizatorlar uylari va dala şiyponlarida issiq ovqat taşkil qilinib, ularning iş haqilari “Agrobank”ning tuman bölimi xodimlari tomonidan dala boşiga keltirib berilmoqda.
Tumanimizning boşqa hududlarida ham şu kabi yiğilişlar ötkazildi. Unda sektor rahbarlari – tuman prokurori, içki işlar bölimi boşliği va davlat soliq inspektsiyasi rahbari iştirok etib, işçilarning maşaqqatli mehnatlariga evaziga har yili tumanimizda möl hosil olişga erişilayotgani taʼkidlandi. Bu yil ham şunday natijalarga erişiş uçun ularga barça zarur şaroitlar yaratilişi taʼkidlandi. Aytiş kerakki, birgina iyul oyida fermer xöjaliklari işçilari, suvçi va mexanizatorlarga 885 million sömdan ortiq oylik iş haqi berilişi rejalaştirilgan. Şu kungaça “Agrobank”ning tuman bölimi tomonidan 530 million sömdan ortiq naqd pul mablaği iş haqi sifatida dala boşida işçilarga tarqatildi. Bu kabi çora-tadbirlar işçilarning yanada kuç-ğayrat bilan işlaşida muhim omil bölişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶