18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 11:56
Jamiyat 👁 1,628

Sud-huquq sohasidagi islohotlar yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Sud-huquq sohasidagi islohotlar yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Mustaqillik yillarida yurtimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada 2017-yilda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilib, unga koʻra, davlatimiz rahbari huzurida faoliyat yuritgan Sudyalarni tanlash boʻyicha oliy malaka komissiyasi oʻrniga Sudyalar Oliy kengashi tashkil etildi. Uning mustaqilligi va xolisligini taʼminlash maqsadida Sudyalar Oliy kengashiga konstitutsiyaviy maqom berildi.

Bundan tashqari, sudya lavozimiga muddatsiz tayinlash, sudya lavozimini egallab turish yoshi 65 yoshgacha, Oliy sud sudyalari uchun esa 70 yoshgacha etib belgilandi. Sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash masalalari Adliya vazirligi vakolatidan Oliy sud vakolatiga oʻtkazildi. E-SUD elektron sud jarayonining milliy axborot tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4850-son Farmoni davlatimizda sud huquq sohadagi islohatlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri — insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, avvalo, asossiz jinoiy taʼqib va shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish, shaxsiy daxlsizlik huquqlari hamda adolatli sud muhokamasiga boʻlgan huquqlari samarali muhofaza etilishini taʼminlash hisoblanadi.

Zero, har bir demokratik davlatda sud tizimi inson huquqlari himoyasiga qaratilgan mexanizmning asosini tashkil qiladi.

Albatta, islohotlarning hayotga toʻgʻri tatbiq etilishi va samara berishi koʻp omillarga bogʻliq. Shu bois, avvalo, kadrlar, qolaversa, ishni toʻgʻri tashkil etish mexanizmini yaratish, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash kabi oʻta muhim masalalar eʼtiborda boʻlib kelmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazkur sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan tarixiy ahamiyatga ega hujjat boʻldi. Unda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar, vazifalar belgilab berildi. Xususan, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasini tashkil qilish taklifi ilgari surildi.

Ushbu komissiyaning asosiy vazifalari odamlardan kelib tushayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uchrashuv va muloqot jarayonida koʻtarilayotgan masalalarni umumlashtirish, parlament soʻrovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qilish, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birga muammolarni hal etish kabilardir.

Mazkur Komissiyaning tashkil etilishi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga, birinchi navbatda, sudyalarni odil sudlovga taʼsir oʻtkazadigan omillardan himoya qilish, sudlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, sudyalar korpusi faoliyatini shakllantirishda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish, sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxshilab, nufuzini yanada koʻtarish, sudlar tuzilishini takomillashtirish hamda sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlash tizimini demokratlashtirish, mamlakatda qonun ustuvorligini, qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, fuqarolarning sudlar faoliyati yuzasidan qilayotgan murojaatlarining ijobiy hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maʼnoda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasini tashkil etish boʻyicha taklifi oʻz vaqtida qabul qilindi, deb hisoblaymiz. Boisi ushbu Komissiya mamlakatimizda yuqoridagidek holatlarga toʻlaligicha barham berishga, sud hokimiyatini amalda yanada takomillashtirish borasidagi islohotlarning natijadorligiga katta hissa qoʻshadi. Qisqacha aytganda, sud insonparvarlik tamoyili asosida fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi odil organ sifatida faoliyat yuritadi. Zero, amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida ham insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etish maqsadi mujassamdir.

Samad Qurbonboyev, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi arxiv mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026