Tuman Davlat xizmatlari markazi: 459 nafar tadbirkorlik subʼektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, 4265 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi
Aholiga va tadbirkorlarga qulay, tezkorlik bilan talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini koʻrsatish maqsadida tumanimizda yil boshida davlat xizmatlari markazi ish boshlagan edi. Bundan koʻzlangan maqsad xalqimizning ogʻirini yengil qilish, fuqarolar va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda qulaylik yaratish, shaffoflikni taʼminlashdir.
2018-yilning yanvaridan tumanimizda ham davlat xizmatlari markazi faoliyati tashkil etildi.
Hozirgi kunga kelib, markaz tomonidan 50 turdagi davlat xizmatlari tezkorlik bilan koʻrsatilmoqda. Bu yurtdoshlarimizning idorama-idora ovora boʻlib yurishlariga chek qoʻyib, vaqtini tejashiga ham yordam bermoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat xizmatlari markazi orqali foydalanishi mumkin boʻlgan xizmat turlari haqida aholini xabardor qilish, davlat xizmatlari markazi xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish maqsadida tumanimizning barcha hududlarida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari aholi bilan muloqotlarda fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari, davlat xizmatlari markazlarining aholi turmush darajasini oshirishdagi oʻrni va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalari, sohani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflari ham tinglanib kelinmoqda.
Tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida 459 nafar tadbirkorlik subʼektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Jami 4265 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shu jumladan yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar soni 437 ta, jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan davlat xizmatlari esa 3828 tani tashkil etdi.
Endilikda farzandlar uchun tugʻilganlik haqidagi guvohnomalarni olish, nikohini qayd qildirish, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish, tegishli toʻlovlarni amalga oshirish ham davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshiriladi.
Bizning maqsadimiz aholiga tezkor, sifatli va qulay xizmatlar koʻrsatishdir.
Mansur SODIQOV, Amudaryo tumani davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶