2-iyul - “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun
1992-yilning 2-iyuli mamlakatimiz tarixida shonli sanalarning biri boʻlib qoldi. Shu kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Gerbimizda aks etgan har bir chiziq, rang va belgida muayyan ramziy maʼno bor.
1992-yilning 2-iyulidan beri yurtimizda bu sana ulkan bayram sifatida nishonlanadi, gerbimizning qadr-qimmatini yoshlar koʻngliga chuqurroq singdirish, shakli, belgilarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli tumanimizda faoliyat olib borayotgan “9202-D” harbiy qismida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan oʻtkazilgan tadbir ham gerbimiz qabul qilingan kun sharafiga bagʻishlanadi.
Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi raisi M.Safarboyev, OʻzMTDP tuman Kengashi raisi Sh.Yangiboyeva, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi M.Shermetov, Madaniyat boʻlimi xodimi, rejissyor, suxandon O.Begimov ishtirok etdilar va kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruzalar qildilar.
Shuningdek, tadbirda kitob va kitobxonlik targʻibotiga ham eʼtibor qaratildi.
Kitoblar – beminnat doʻst va maʼnaviy ustoz ham. Oʻqib, oʻqiganlarini uqib, olgan bilimlari tufayli oʻzining porloq kelajagini yaratayotgan yoshlarimiz juda koʻp. Kitob mutolaa qilish, mutolaa madaniyatini oshirishga intilish – har bir fuqaroga, xususan, harbiy xizmatchilarga ham joizdir.
Tadbirda harbiy xizmatchilar bu boradagi oʻz fikr-mulohazalarini oʻrtaga tashladilar, sheʼrxonlik avjiga chiqdi va barcha ishtirokchilarda chuqur taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶