18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 11:55
Jamiyat 👁 1,173

XALQ HAYoTINING HAQIQIY KOʻZGUSI

XALQ HAYoTINING HAQIQIY KOʻZGUSI

Kompyuter texnologiyalari qanchalik rivojlanmasin, axborot, ijod, tarbiya borasida gazeta oʻz ahamiyatini zarracha yoʻqotmaydi va shunday boʻlib qoladi! Agar gazeta oʻz ahamiyatini yoʻqotdi, deguvchilar boʻlsa, bu yanglish va shoshilinch tasavvur, xolos.

Tumanimiz gazetasi shonli yoʻlni bosib oʻtdi. Unda faoliyat yuritgan qancha-qancha aziz insonlarning xizmatlari risolalarda qayd etildi va sharaflandi. Arziydi! Prezidentimiz dangal aytdilar-ku: “ijod ahlining mehnatiga loyiq baho bermovchilar ikki varaq bir narsa yozib koʻrsinlar-chi!”

Tuman gazetasining shakl va mazmun jihatdan ham yetuk nashr ekanligidan faxrlansak arziydi. Gazeta sahifalarida xalq hayotining barcha sohasi, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, chuqur islohotlar faol yoritilmoqda.

Faol muxbirlarning maqola-xabarnomalari, Robiya Yoʻldoshevaning sheʼriy va publitsistik tahlillari, Oygul Rajabovaning mulohazalarga boy puxta maqolalari, Qodirbergan hoji Jumamurod oʻgʻli kabi ziyolilarning ilmiy manbalarga asoslangan maʼrifiy chiqishlari gazetxonni befarq qoldirmaydi, oʻqishliligini, obroʻsini oshiradi. Oʻspirinlar, yoshlar qalb qoʻridan toʻkilgan ijod chechaklarini bu nufuzli gazeta sahifalarida koʻrib oʻzlari ham quvonadi, ilhomlanadi, gazetxonni ham quvontiradi. “Mening oilam”ning har bir sonini tumanimiz ahli orziqib kutishining boisi ham shunda. Tahririyat qoshida tashkil etilgan “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzolarining faoliyati ham jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinmoqda.

“Taraqqiyot koʻzgusi” tumanimizning koʻzgusi, xalqimizning Soʻzi, Yuzi, Koʻzi, Qulogʻi va Irodasidir. Demak, bu gazetaga munosabat – uning yanada mazmunli, yanada faol, yanada chiroyli, oʻqishli boʻlishida va saviyasining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xoʻsh, gazeta nufuzini oshirish uchun nima qilish kerak? Bu borada ayrim mulohaza va baʼzi takliflarimni keng gazetxonlar bilan baham koʻrsam, degan niIjod – aqliy mehnatdir. Har bir mehnat, albatta, moddiy baholanishi, yaʼni– mehnat haqi berilishi kerak. Gazeta tumanimiz moddiy va maʼnaviy boyligining bir boʻlagi ekan, byudjet tashkilotlari qatorida ozgina mablagʻ ajratilsa, maqsadga muvofiq boʻlardi. Ana shunda mualliflarga ozmi-koʻpmi gonorar – qalam haqi berilgan boʻlardi!

Faol muxbirlar saviyasini yanada oshirish uchun seminarlar oʻtkazib turish kerak. Eng faol, saviyasi yuksak ijodiy asarlar va maqolalar mualliflarini yil yakunida ragʻbatlantirish zarur. Muxbirlar koʻpaysa, fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligi ortadi. Mushtariylar soni oshadi!

Tanqid! Tan olish kerak-ki, hozirgi zamonda tanqid oqsadi. Tanqidga munosabatni yangilash lozim. Avvallari rahbar xodim tanqid qilinsa, ishdan olinardi, partiyadan oʻchirilardi yoki qamalardi. Yoki aksincha, tanqid qiluvchi tazyiqqa olinardi. Xullas, tanqid – ulkan yov edi. Xoʻsh, tanqid qanday boʻlishi lozim? Eng avvalo xolislik boʻlishi lozim, shaxsiy kek va gʻaraz emas, balki jamiyat va aynan shu tanqid qilinayotgan obʼekt yoki subʼekt manfaatiga xizmat qilishi kerak, kamchilikni tuzatish yoʻllari koʻrsatilishi shart. Darrov jazoga oʻtavermay, kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilish uchun imkon berilishi kerak. Aks holda gujumlarga tushgan burovqurtni yoʻqotish oʻrniga gujumlarning oʻzini yoʻqotganimizdek, xato boʻladi!

“Amu TV”ning haftalik dasturi berib borilsa, koʻngilochar sahifalar tashkil etilsa, yaʼni qiziqarli maʼlumotlar, loyihalar amalga oshirilsa, deymiz.

Din – tarbiyaviy masalada qudratli quroldir. Tumanimizda yetuk bilimli mutaxassislar bor. Ular gazeta sahifalarida, telekoʻrsatuvlarda ibratli rivoyatlar, oʻgitlar bilan faol ishtirok etsalar, ayni muddao boʻlardi.

Oʻylaymanki, yuqoridagi takliflar inobatga olinsa, tuman matbuotining obroʻsi yanada oshardi.

Gazetamizning mazmunli, koʻrkli chiqishida xizmat qilayotgan xodimlarni anʼanaviy kasb bayramlari bilan tabriklab, ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman. Gazetamiz hamisha yosh ijodkor avlod uchun ustoz-murabbiy, xalqimiz hayotining, turmush taraqqiyotining haqiqiy tiniq koʻzgusi boʻlib xizmat qilishiga tilakdoshman.

Tursunboy ABDULLAYeV, faxriy oʻqituvchi.yatdaman.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026