Sifatli, qulay va tezkor DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATILMOQDA
Hozirgi kunda nafaqat tadbirkorlar, balki, aholiga ham eng zarur va talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tuman Xalq qabulxonasi huzurida ham Davlat xizmatlari markazi tashkil qilindi.
Ayni kunda markazda talab yuqori boʻlgan oʻnlab davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. Endilikda “Yagona darcha” tamoyili asosida koʻpgina davlat xizmatlarini internet tarmogʻi orqali ham koʻrsatish amaliyotining joriy etilishi davlat xizmatlaridan korruptsiya xavfisiz, tezkor foydalanish imkonini bermoqda. Bu oʻz navbatida fuqarolarning kundalik hayotini jiddiy ravishda yengillashtiradi, byurokratiya va sansalorlik holatlarini bartaraf etadi.
Joriy yilning 1-aprelidan boshlab kichkintoylarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish masalasi ham Davlat xizmatlari markazlari orqali hal etilmoqda. Bunda nogironligi boʻlgan shaxslarning farzandlari, uch nafar yoki undan koʻp farzandlari bor oilalarning, harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining farzandlari, yetim yoki ota-ona qarovisiz qolgan, boshqa MTMlardan oʻtkazilgan bolalar MTMlarga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.
Endilikda haydovchilik guvohnomalari ham Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladigan boʻldi.
Avval faqat tadbirkorlik subʼektlariga xizmat koʻrsatgan “Yagona darcha” markazi bazasida tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazi joriy yilning 1-apreliga qadar 37 turdagi xizmatlarni koʻrsatgan boʻlsa, hozir bu 13 taga koʻpayib, 50 taga yetdi. Yil oxirigacha esa koʻrsatiladigan xizmatlar sonini 87 taga yetkazish moʻljallanmoqda.
Tumanimiz aholisiga sifatli, qulay davlat xizmatlari koʻrsatish bizning asosiy maqsadimizdir.
Nazokat Madiyorova, tuman Davlat
xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶