PARTIYa XODIMLARI BOLALARGA SOVGʻA ULAShDI
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov, “Qoraqalpogʻiston tongi” gazetasi bosh muharriri Nazira Matyoqubovalar tumanimizdagi bolalarni qutlash uchun tashrif buyurdilar. Ular tumandagi maktabgacha taʼlim va oʻrta taʼlim muassasalarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud muammolar bilan qiziqdilar. Shuningdek, bolalikdan nogiron boʻlgan “Boy ovul” mahallasida yashovchi Iroda Yusupova, Sarvinoz Ochilboyevalar va Navoiy nomli mahallada yashovchi Nafisa Esamuradova, Umidjon Oʻrozmetovlar xonadonlarida boʻlib, ularning holidan xabar oldilar.
Bolalarning yashash tarzi bilan tanishib, orzu-istaklari haqida suhbatlashdilar.
Ularga vaqtlaridan unumli foydalanib, mutolaa bilan shugʻullanishlari uchun badiiy kitoblar va boshqa qimmatbaho sovgʻalar berdilar.
Bolalar oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻldilar.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶