Jamiyat
👁 632
IShSIZLIKNI BARTARAF ETIShDAGI YaNGI QADAMLAR
Bir qancha yildirki, Amudaryo tumanida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazilib, ularda ishtirok etadigan korxona va tashkilotlar fuqarolarga oʻzlarida mavjud boʻlgan ish oʻrinlarini taklif etadi. Shunday boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarida ishtirok etgan koʻplab fuqarolar oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashishga muvaffaq boʻlmoqdalar.
Joriy yilning oʻtgan 5 oyi davomida 5 ta ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazilib, ularda ishtirok etgan 183 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 722 boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.
Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalariga tashrif buyurgan 172 nafar fuqaro oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashdi. Ularning 55 nafarini ayollar, 66 nafarini esa yoshlar tashkil etadi.
A. JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶