NURONIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Oʻz umrini el-yurt tinchligi,jamiyat ravnaqi uchun baxshida etgan nuroniy keksalar hamisha el ardogʻida. Keksalarga izzat-ikrom koʻrsatish, ularning fidoyiliklaridan ibrat olish xalqimizga xos boʻlgan ezgu odat.
Muborak Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi va Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi masʼullari yoshi ulugʻ keksalar xonadonlariga borib, ularni Hayit bayrami bilan qutladilar. Urush yillarida tinchlik uchun, Vatan himoyasi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz – Oʻtamurod ota Bozorboyev, Sobir ota Nurillayev va Yoʻldosh ota Ortiqovlarni Iydi Ramazon bilan qutlab kelgan “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi Bekman Ollaberganov hamda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetovlar ularga hadyalarini topshirdilar.
Eʼtibordan behad xursand boʻlgan otaxonlar tinchlikdek ulugʻ neʼmat bergan Allohga shukrona aytib, bu neʼmatning bardavom boʻlishini, osmonimiz musaffo, hayotimiz yanada farovon, osuda kechishini tilab duo qildilar.
O. XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶