“MENI OʻZIMNIKIDAN HAM KOʻPPOQ OʻQUVChILAPIM YuTUQLAPI QUVONTIPADI”
Inomjon Tursunboyevning tumanimizdagi 41-sonli maktabda tarix fanidan dars bera boshlaginiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Qisqa vaqt orasida u oʻzining intiluvchanligini, har bir dars mashgʻulotini oʻquvchilarga qiziqarli oʻta olishini namoyon etdi. Natijada u taʼlim berayotgan oʻquvchilar orasida tarix faniga qiziquvchilar koʻpaydi.
Yakunlangan oʻquv yilida 10-sinf oʻquvchisi Gulnoz Gulmirzayeva fanlar olimpiadasi tuman bosqichi gʻolibi, respublika bosqichi ishtirokchisi, innovatsion olimpiadaning ham tuman bosqichi gʻolibi boʻldi. U “Yuksak maʼnaviyatli avlod” festivalining “Islom Karimov asarlari bilimdoni” nominatsiyasida tuman bosqichida gʻolib boʻlib, keyingi bosqichda faol qatnashdi.
Shuningdek, oʻquvchilaridan Shohida Nurillayeva, Nodirbek Bozorboyevlar ham koʻpgina yutuqlarga erishdilar.
Inomjonning intellektual salohiyati, dars oʻtish mahorati faqat taʼlim-tarbiya berayotgan oʻquvchilari yutuqlaridagina emas, oʻzi erishayotgan yutiqlarda ham namoyon boʻlayotir. U 2018-yilda “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida tarix fanidan tuman, Qoraqalpogʻiston Pespublika bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Urganch shahrida boʻlib oʻtgan yakuniy bosqichda ham bilimli, mahoratli va yangilikka intiluvchan muallim ekanligini isbotladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Yosh siyosatchi 2018” koʻrik tanlovining ham tuman, Qoraqalpogʻiston Pespublika bosqichlarida barcha ishtirokchilarni yengib, gʻolib boʻldi.
Kimki oʻz kasbini sevsa, sidqidildan mehnat qilsa, albatta yutuqlarga erishaveradi. – deydi Inomjon kulib. Aytishicha, uni oʻzinikidan ham koʻproq oʻquvchilarining muvaffaqiyatlari quvontirar ekan. Maqsadi esa ilmli, globallashuv jarayoni kechayotgan bugungidek shiddatli davrda yot gʻoyalarga ergashmay, oʻz hayot yoʻlini oʻzi toʻgʻri belgilay oladigan maʼnaviyatli yoshlar kamol topishiga hissa qoʻshish.
Biz Inomjonning ezgu niyatlari ijobatini tilab qolamiz.
O. PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶