Tadbirkorlar ishtirokida koʻrgazma va muloqot tashkil etildi
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasining oʻrni alohida. Partiyaning “Ishbilarmonlar va tadbirkorlar forumi” dasturi ham aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan.
12-iyun kuni tuman hokimligida OʻzLiDeP tuman Kengashi tomonidan tadbirkor va fermerlar uchun tajriba almashish, soha boʻyicha tushuncha va bilimlarini yanada kengaytirish maqsadida koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmada tumandagi tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlar namoyish etildi.
Koʻrgazma davomida tegishli organ va tashkilotlar masʼullari tadbirkor hamda fermerlar bilan soliq, bojxona boʻyicha amaldagi qonunchilik, shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilishi kutilayotgan oʻzgartirishlar, faoliyat jarayonidagi toʻsiq va muammolar xususida amaliy muloqot oʻtkazdilar.
Tadbirda OʻzLiDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashining ayollar siyosiy faolligi, jamiyatdagi roli va mavqeini oshirish boʻlimi mudiri A. Sirimbetova, Kengashning biznes tuzilmalari va fermerlar bilan ishlash boʻlimi mudiri M.Aqnazarova, Qoraqalpoq Davlat Universiteti iqtisod fani oʻqituvchisi, professor G.Utemurodova, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M. Temirboyevlar ish yuritishni yanada rivojlantirish boʻyicha yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar, tegishli qonunlar haqida keng tushuncha berib oʻtdilar.
Muloqotdan soʻng, partiyaning tuman Kengashi tomonidan tashkil qilingan “Ishbilarmon ayol” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Koʻrik-tanlovda mahsulotlari sifatli va ommabopligi bilan elga manzur boʻlgan tadbirkor Tamara Yusupova gʻolib deb topilib, tanlovning navbatdagi bosqichiga yoʻllanma oldi.
Tadbirkor va fermerlar oʻz faoliyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻladigan tajriba almashish koʻrgazmasi tashkil qilinganidan hamda tegishli masʼullar bilan oʻtkazilgan muloqotda kerakli maʼlumotlar berilganidan nihoyatda mamnun boʻldilar.
MuqaddasBEKNAZAROVA,
OʻzLiDeP tuman Kengashi raisining
birinchi oʻrinbosari,
apparat rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶