SOĞLOM BOLA – OILASIGA HAM, ELIGA HAM ŞARAF KELTIRADI
Mamlakatimizda bolalarning soğlom bölib, asoratlarsiz tuğilişi uçun ayol homilador bölişidan oldin harakat boşlanadi.
Tuğruq yoşidagi ayollar homilador bölişidan oldin çuqur tekşiruvdan ötib, zarur hollarda davolanganidan keyingina homilador böliş tavsiya qilinadi. Şuningdek, ular homiladorlik davrida ham muntazam ravişda “Ayollar maslahatxonasi”- ga kelib , öz hududi akuşer-ginekologi körigidan ötib turadi.
Bu köriklar ayollarda maʼlum bir kasalliklar paydo bölsa, barvaqt aniqlaş va emlaş çorasini körişga, soğligini nazorat qilib borişga xizmat qiladi, nogiron bolalar tuğilişining oldi olinadi, ayollarga homiladorlik davrida özini qanday tutişi lozimligi örgatiladi.
Oilada soğlom turmuş tarzining barqaror bölişi, oiladagi maʼnaviy muhit, ota-ona ibrati va masʼuliyati farzandning soğlom fikrli bölib ulğayişini taʼminlaydi.
Farzandi ham jisman, ham ruhan soğlom bölişini istagan ota-ona bola tuğilganidan boşlab şu maqsad yölida intilmoği lozim.
Birinçi Prezidentimiz I.Karimov “Har qaysi millatning öziga xos maʼnaviyatini şakllantiriş va yuksaltirişda, heç şubhasiz, oilaning örni va taʼsiri beqiyosdir. Çunki insonning eng sof va pokiza tuyğulari, ilk hayotiy tuşunça-tasavvurlari birinçi galda oila bağrida şakllanadi”, deya yozgan edilar “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asarida.
Ha, darhaqiqat, oilaning, ota-onaning burçi farzand dunyoga keltirişgina emas, ularni yuksak odob-axloqli, barkamol qilib voyaga yetkaziş, jamiyatda öz örinlarini topişlariga erişişdir.
Yurtdoşlarimiz bilan har gal körişganimizda salom-alikdan söng, “bolalar omonmi, uy-içingiz tinçmi?” – deya söraşamiz. Ota-bobolarimizdan meros bölib kelayotgan bu odatimizda ham suhbatdoşimizning oilasi, farzandlari soğ-omonligini söraş barobarida bir-birimizga bu boradagi maʼsuliyatimizni ham eslatib qöyamiz, nazarimda.
Farzand tarbiyasida muhim saboq bölib xizmat qilgulik şunday urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz borki, bularga amal qiliş, ğoyalarini yoş avlod qalbiga singdiriş ularning yetuk insonlar bölib kamolga yetişiga xizmat qiladi.
Oila – özida hayot abadiyligini mujassam etgan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlab, şu asosda kelgusi avlodlarning komil inson bölib voyaga yetişişini taʼminlaydigan tarbiya maskani, muqaddas göşadir.
Oila boşçilari özining masʼuliyatini, vazifasini ado eta olgan oilada voyaga yetgan farzandlar ota-onasiga, eliga quvonç keltirib, halol xizmat qilib yaşaydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶