TÖLQIN OVULIDA SAYYoP QABUL BÖLIB ÖTDI
19-may kuni tumanimizning “Tölqin” ovuli hududida istiqomat qiluvçi fuqarolarning turmuşi sifatini oşiriş, muammolarini örganiş va ijobiy hal qiliş çoralarini köriş maqsadida sektor rahbari, tuman hokimi S.Yöldaşev mazkur ovulda sayyor qabul ötkazdi.
Sayyor qabulda boşqa sektorlar rahbarlari, aʼzolari, tuman hokimi örinbosarlari, masʼul xodimlari, korxona, taşkilotlar rahbarlari, tijorat banklarining tumanimizda faoliyat yuritayotgan filiallari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar.

Uçraşuvda ovul aholisi turmuşini yanada yaxşilaşga xizmat qiluvçi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiliş yuzasidan, şuningdek oilaviy muammolarining hal qilinişi yuzasidan sayyor qabulga yozilgan fuqarolar qabul qilindi va murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulda fuqaro B.Ortiqov hududdagi 33-sonli maktab va “Vays ovul”ni boğlaydigan ulkan asfalt yöl çetiga öquvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida piyodalar yölakçasi qurib berilişini, U.Boltaboyev “Qölbergan bobo” qabristoniga ötiladigan Qipçoq arna köprigini taʼmirlaş, sobiq “Madaniyat” QVP binosida maktabgaça taʼlim muassasasi taşkil etiş, G.Yöldoşev “Tölqin” ovulidan ötadigan ulkan aylanma yölning ovul hududidagi qismi yaroqsiz holga kelib qolganligidan rekonstruktsiya qilinişiga amaliy yordam beriş, qişloq xöjaligi ekinlarini oziqlantirişda foydalaniladigan mineral öğitlar narxini pasaytiriş, Z.Sobirovning “Boğonoli” aholi punktida futbol maydonçasi, savdo dökoni qurişga yer uçastkasi ajratiş, A.Matyoqubov bemor onasiga fuqarolik pasportini olişga yordam beriş, S.Boymurodov “Mikrokreditbank”dan ovul fuqarolariga ajratilayotgan kreditlarni öz muddatida berilişini taʼminlaş, G.Qodirov “Xöja bobo” qabristoni hududini aniqlab beriş va qabristonga qorovulxona quriş, K.Xolboyev öğli va öziga fuqarolik pasporti olişga amaliy yordam beriş haqida murojaat qildilar.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari atrofliça örganib çiqilib, çoralar körilişi va bu haqda fuqarolarga maʼlum qilinişi tuşuntirildi.
Şuningdek, T.Yöldoşev, S.Boymurodovlarning murojaatlariga qonun doirasida tuşuntirişlar berildi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶