OBUNAChILAR SONI BIR KUNDA 30 NAFARGA OShDI
Yaqinda tumanimizning chekka hududida joylashgan 41-sonli umumtaʼlim maktabida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida oʻtkazilayotgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Jayhun ilhomlari” NNT raisi A. Nafasov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbirlari O. Rajabova, O. Xudoyberganova, shuningdek, gazetaning jamoatchi muxbirlari D. Rajabova, S. Ismoilovalar ishtirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori D. Nurjonov ochdi. “Jayxun ilhomlari” NNT raisi A. Nafasov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri O. Rajabovalar oʻtkazilayotgan oylik, xususan mazkur tadbir maqsadi, kutilayotgan natijalar haqida gapirdilar.
Maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari va ularning ota-onalari eʼtiboriga “Jayxun ilhomlari” NNT qoshidagi kutubxonaning oʻquvchilarga moʻljallangan 60 tadan ziyod badiiy va ommabop kitoblari havola etildi. Shuningdek, koʻchma kitob doʻkoni tashkillashtirilib, ota-onalar farzandlariga badiiy kitoblar, til oʻrganishga, fanni chuqur oʻzlashtirishga xizmat qiluvchi qoʻllanmalar sotib olishga daʼvat etildi.
Tadbir davomida 30 nafar oʻquvchilar kutubxonaga aʼzo boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan kitoblarni oʻqish uchun tanlab oldilar.
Bu borada kelgusida ham hamkorlikni davom ettirish yaxshi samaralar beradi. Chunki biz oʻquvchilarning kitob oʻqishga nechogʻlik tashna ekanligini oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik.
Sevara ISMOILOVA, jamoatchi muxbir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶