8-may – Qizil Xoç va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakati kuni “Sanitar postlar” musobaqasi – insonparvarlikka davʼat etadi
Özbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati mamlakatimiz hayotida öziga xos öringa ega. Jamiyat yolğiz qariyalar, ikkinçi jahon uruşi faxriylari, ota-onasiz qolgan yetim bolalarga gumanitar, tibbiy yordam körsatiş, ularni parvarişlaş, ijtimoiy-gumanitar xizmatlar körsatiş borasida köpgina savobli işlarni amalga oşirib kelmoqda. Şu bois ham mamlakatimiz böylab har yili noyabr oyining ikkinçi ön kunligi Özbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati hisob raqamiga mablağ töplaş xayriya kuni deb eʼlon qilingan. Uşbu xayriya tadbirida Tuman tibbiyot birlaşmasi, DSENM, №39, -11, -17, -61,-35-,73,-15- va 40- sonli maktablar hamda №40-MTM, Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi, Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji, 9-sonli bolalar va musiqa maktablari jamoalari faol iştirok etişadi.
Har yili 8-may - Qizil Xoç va Qizil Yarim Oy jamiyati xalqaro harakati kuni butun dunyoda, şu jumladan tumanimizda ham keng nişonlanadi. Har galgidek bu yil ham uşbu sanani munosib nişonlaş maqsadida Qizil Yarim Oy jamiyati tuman bölimi tomonidan tadbir işlab çiqilib, Yoşlar Ittifoqi tuman bölimi, tuman Tibbiyot birlaşmasi va öquv muassasalari bilan hamkorlikda “Sanitar postlar” musobaqasi ötkazildi. Musobaqa öquvçi-yoşlarni erkin fikrlaş va mustaqil harakat qilişga örgatiş, favqulodda vaziyatlarda özini muhofaza etiş, atrofidagilarga birinçi yordam körsatiş, ularni gumanitar (insonparvarlik) faoliyatiga qiziqtiriş, bemorlarni uyda parvariş qilişda şaxsiy va jamoat gigenasi qoidalariga amal qilişga örgatiş maqsadida taşkil etildi.
Joriy yilning 28-aprel kuni bölib ötgan “Sanitar postlar” musobaqasining yakuniy bosqiçida 76-sonli maktab öquvçilari 1-örinni, 20-sonli maktab jamoasi 2-örinni, 69-maktabning yoş sanitarlari 3-örinni egallaşdi.
“Sanitar postlar” musobaqasining 1-,2-,3-örin sohiblariga musobaqa homiysi – Qizil Yarim Oy jamiyati tuman bölimining faxriy yorliqlari hamda sovğalari topşirildi.
Şuningdek, musobaqada faol iştirok etgan 42-sonli va 16-sonli maktablar jamoalariga musobqada faol iştirok etgan 42-sonli va 16-sonli maktablar jamoalariga rağbatlantiruvçi mukofotlar taqdim etildi. Qizil Xoç va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakati kuni oldidan ötkazilgan uşbu musobaqa ösib kelayotgan yoş avlod qalbida insonparvarlik, har qanday vaziyatda bir-birovni qöllab-quvvatlaş, zarur paytda tibbiy va insoniy kömak beriş tuyğularini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
J.YaVKAŞEV, tuman Qizil Yarim Oy Jamiyati
tuman bölimi ijroçi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶