UPUŞ FAXPIYSI SOBIP NUPULLAYeV: ĞAMXÖPLIKLAPDAN MINNATDOPMIZ
Ikkinçi jahon uruşi eng qizğin pallaga kirgan bir davrda, 1942-yilning sentyabr oyida köplab vatandoşlarimiz qatori manğitlik Sobir Nurullayev ham Vatan himoyasiga otlandi...
Endigina 18 yoşga tölgan yoş jangçi dastlab Omsk şahridagi tankçilar bilim yurtida taʼlim oldi. Bu yerda u tankni boşqariş, janglarda uning öqotar qurolidan foydalaniş sirlarini puxta örgandi. Bir oy içidayoq haqiqiy tankçiga aylangan yoş jangçi öziga topşirilgan tank yordamida quroldoş döstlari bilan birgalikda duşmanga qaqşatqiç zarbalar berdi. Şundan keyin u bir qança vaqt piyodalar qöşinida pulemyotçi vazifasini ado etdi.
Jasur jangçi Sobir Nurullayev ğalaba haqidagi xabarni Çexoslovakiya mamlakatini duşmandan tozalaşda iştirok etayotgan paytida eşitdi.
– Biz janglarda iştirok etayotgan paytimizda faqat ğalaba sari intilişga, duşmanni tor-mor qilib, Vatanni omon saqlab qolişga harakat qilardik, – deydi Sobir ota Nurullayev öşa qirğinbarot uruşlar davrini eslarkan. – Şu bois ham heç kimning joni köziga körinmasdi. Men ikki marta oyoğimdan va qölimdan yarador bölib, gospitalda davolandim. Sal yaxşi bölişim bilan yana jangga otlanardim. Men uruş tugagandan keyin 1947-yilgaça ozod qilingan mamlakatlar çegaralarini tiklaşda xizmat qildim va öz yurtimga eson-omon qaytib keldim.
Sobir ota Nurullayev 1947-yilda yurtiga qaytib kelgaç, 1967-yilgaça Manğit paxta tozalaş zavodida, 1967-yildan 1996-yilgaça quriliş taşkilotlarida çilangar vazifasida mehnat qildi.
Sobir ota turmuş örtoği Mavluda momo bilan 2 öğil va 5 qizni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Ayni kunda sobiq jangçi Sobir ota farzandlari, nevara-çevaralari ardoğida farovon hayot keçirayapti.
Ota bilan suhbatimiz çoğida u muhtaram Prezidentimizning el-yurt farovonligi va tinçligi yölida jon kuydirayotganidan, Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilariga körsatayotgan ğamxörliklaridan çeksiz minnatdor ekanligini izhor etdi.
Şu kunlarda Sobir ota xonadoniga uning köplab mahalladoşlari, qarindoş-tuğişganlari va döst-u yorlari taşrif buyurişib, uni Xotira va qadrlaş kuni bayrami bilan muborakbod etmoqdalar.
Sobiq jangçi Sobir ota Nurullayev bugun hammamizning faxrimiz, iftixorimiz. Biz ham uni bayramlari bilan çin qalbimizdan muborakbod etamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶