Sogʻlom ona — sogʻlom bola — sogʻlom kelajak
30-aprel kuni Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida Oʻzbekiston Xotin-qizlar Qoʻmitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamgʻarmasi – (UNFPA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida “Sogʻlom ona - sogʻlom bola - sogʻlom kelajak” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.
Oʻquv seminarida loyiha koordinatori Venera Ermetova, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova va qoʻmitaning joylardagi xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, aholi oʻrtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiyena sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶