9-may- Xotira va qadrlash kuni




Fashizm ustidan qozonligan Buyuk Gʻalabaning 73 yilligi butun dunyo tinchlikparvar xalqlari tomonidan har yili munosib tarzda nishonlanadi. Mamlakatimizda esa 9-may – Xotira va qadrlash kuni sifatida ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, ikkinchi jahon urushi janggohlarida halok boʻlgan qahramon jangchilarni xotirlash marosimlari oʻtkazilib, front ortida fidoyilik bilan mehnat qilgan insonlarga hurmat-ehtirom koʻrsatishdek xayrli ishlar amalga a.
Shu kunlarda tumanimizdagi mahallalarda, oʻquv muassasalari, jamoat tashkilotlarida ham urush faxriylari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning uylariga tashrif buyurib, oʻsib kelayotgan yosh avlodning keksa jangchilar bilan muloqotlari boʻlib oʻtmoqda.
Qipchoq qishlogʻida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Oʻtamurod bobo Bozorboyevning xonadoni ham har kuni boboni koʻrgani kelgan davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, oʻquvchi-yoshlar bilan gavjum. Shu yilning 30-aprel kuni 65-sonli, 18-sonli umumtaʼlim maktablari hamda Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji rahbarlari Oʻtamurod bobo xonadonida boʻlishdi.
65-sonli maktab oʻquvchilari maktab oʻqituvchisi Yulduz Boltaboyeva hamda Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Shahlo Oʻrozboyevalar rahbarligida Oʻtamurod boboning koʻnglini hushnud qilish maqsadida “Biz uchun sharafdir bobolar yoʻli!” deb nomlangan dasturni namoyish etishgan boʻlishsa, 18-sonli maktab oʻquvchilari ustozi Feruza Ismoilova rahbarligida oʻzlari tayyorlab kelgan ona Vatan, qahramonlik, mardlik va jasorat, vatanparvarlik va tinchlik mavzularidagi sheʼrlarni oʻqib berdilar.
Oʻz navbatida Oʻtamurod bobo Bozorboyev oʻquvchi-yoshlarga ona Vatan xizmatiga hamisha tayyor, oʻqimishli, mard va jasur farzandlar boʻlib voyaga yetishlarida tilakdoshlik bildirdi.
- El-yurt, ahli dunyo tinch, xalqimiz sogʻ-omon, turmushimiz farovon boʻlsin! – deya duo qildi barchani nuroniy otaxon.
R.YOʻLDOShEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶