MAKTABDA “OMMAVIY KITOBXONLIK OYLIGI” DOIPASIDA TADBIP OʻTKAZILDI










“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida tashkillashtirilgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasi tumanimizning turli hududlarida “Koʻchma kutubxona karvoni”, “Koʻchma kitob doʻkoni” kabi loyihalar, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyasi, soʻrovnomalar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Kitobxonlikka eʼtibor – maʼnaviyatga eʼtibor sifatida qaralayotgani, shuning uchun ham kitobxonlik ommaviyligini, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga yuksak eʼtibor berilayotgani bejiz emas. Boisi kitoblar shuurimizni yorituvchi nur, beminnat va xolis doʻst, yolgʻizlikda hamroh, kelajak sari toʻgʻri odimlashimizga koʻmaklashuvchi yoʻlchi yulduzdir.
Yaqinda 32-sonli maktabda oylik doirasida “Koʻchma kitob karvoni” va “Koʻchma kitob savdosi”, shuningdek, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyasi oʻtkazilishidan maqsad ham oʻquvchilar orasida kitob mutolaasi ahamiyatini targʻib etish, ota-onalarni farzandlariga kitob sotib olib berishga ragʻbatlantirish edi.
Tadbirga maktab maʼmuriyatining juda yaxshi tayyorgarlik koʻrganligini, tadbir oʻtkazilishidan oʻquvchilarni, ularning ota-onalarini xabardor qilganliklari, faol qatnashishga undaganini alohida qayd etgimiz keladi. Oʻquvchilarning “Jayxun ilhomlari” NNT qoshidagi kutubxona “Koʻchma kitob karvoni”da namoyish etilgan turli kitoblardan 40 dan ziyod turli badiiy adabiyotlarni oʻqish uchun tanlab olib, 31 nafari kutubxonaga aʼzo boʻlgani, koʻchma doʻkonidan badiiy adabiyotlar, qoʻshimcha oʻqish uchun oʻquv qoʻllanmalarini, qurollarini xarid qilganligi fikrimizni dalillaydi.
Maktab badiiy havaskorlari ijrosida kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari ijro etilganligi, maktab bitiruvchisi Mirzabek tamurodovning chizgan rasmlari koʻrgazmasi tashkil etilganligi tadbirga bayram tusini berdi.
- Ota-onalarning, oʻquvchilarning ulkan qiziqish bilan kitob tanlayotganining oʻzi bizni juda quvontirdi. Bu bizning ham kitob mutolaasi targʻibotini yanada kuchaytirishimiz lozimligini koʻrsatmoqda.
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorlikda oʻtkazayotgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida maktabimizda “Koʻchma kitob karvoni” va “Koʻchma kitob savdosi” tashkil etilgani bizga ham manfaatli boʻldi, - deydi maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xudoyor Xoʻjamurodov.
Tadbirdan nafaqat oʻquvchilar, balki ota-onalar, oʻqituvchilar ham ulkan taassurotlar olgani bizning ulkan yutugʻimizdir.
O. PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶