Uyushmagan yoshlar uchun kontsert
Yoshlar ittifoqining Amudaryo tuman Kengashi faollari yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish masalasiga katta eʼtibor berib kelmoqda.
1-may kuni tashkilotning tuman Kengashi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomarqa yer egalari Kengashi bilan birgalikda “Oʻrta qala” ovulida joylashgan 27-sonli maktabda ovulda yashovchi uyushmagan yoshlar hamda maktab oʻquvchilari uchun kontsert dasturini namoyish qildilar.
Kontsert dasturida “Quvnoqlar va zukkolar” oʻyinlari orqali tuman yoshlariga tanish boʻlgan “Osmondagi bolalar” jamaosi ishtirok etdi.
Kontsertda ishtirok etgan 175 nafar yoshlar jamoanining qoʻshiq va raqslari, kulguli parodiyalari va ichakuzdi hangomalaridan bahramand boʻldilar.
Jasurbek DAVLETOV, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶