15-apreldan 15-maygacha “Fuqaro muhofazasi oyligi” oʻtkazilmoqda
Yurtimizda 15-apreldan 15-maygacha “Fuqaro muhofazasi oyligi” oʻtkazilmoqda. Oylik doirasida taʼlim muassasalari, ovul va mahallalarda koʻrgazmali seminarlar tashkil qilinmoqda.
27-aprel kuni Amudaryo akademik litseyida shu kabi tadbir oʻtkazildi. Dastlab 2 ta sinfda ochiq dars oʻtkazilib, unda favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish qoidalari shuningdek, tabiiy ofatlar natijasida jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish tartibi boʻyicha tushunchalar berildi.
Keyin tabiiy va texnogen tusdagi falokatlar roʻy berganda koʻngilli qutqaruvchilar guruhining qanday harakatlanishi koʻzdan kechirildi.
Oylik davomida bu kabi tadbirlar va koʻrgazmali taktik-oʻquv mashqlarini barcha taʼlim muassasalarida oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
(Foto: redcrescent.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶