Maktabda kitobxonlik bayrami
Joriy yilning 26-aprelʼ kuni Qilichboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida tumanimizda davom etayotgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda “Jayhun ilhomlari” NNT aʼzosi A. Nafasov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibi A.Jumaniyozov va maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari D. Jumanovalar soʻzga chiqishib, “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida gapirdilar.
Ushbu tadbirda “Sayyor kitob karvoni” loyihasi boʻyicha oʻquvchi-yoshlar “Jayhun ilhomlari” NNT ning koʻchma kutubxonasidagi kitoblar bilan tanishdilar va kutubxonaga aʼzo boʻldilar.
Shuningdek, oʻquvchilar tadbir oʻtkazilayotgan joyga “Kitoblar olami” kitob doʻkonidan keltirilgan kitoblar bilan ham tanishdilar va “Eng yaxshi sovgʻa - kitob” aktsiyasi ishtirokchilari sifatida bir-birlariga kitoblar sovgʻa qildilar. Shu aktsiya paytida oʻqituvchi Shahnoza Iskandarova oʻquvchisi Fazliddin Erkaboyevga, oʻqituvchi Dilfuza Qoʻlboyeva oʻquvchisi Javlonbek Olimovga kitob sovgʻa qildilar.
Maktabda oʻtkazilgan bu tadbir haqiqiy kitobxonlik bayramiga aylanib ketdi.
Fazliddin ERKABOYeV,
maktabda tashkil etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶