DAVRA SUHBATIDA XAVFLI KASALLIKDAN SAQLANISh BORASIDA MASLAHATLAR BERILDI


Uy hayvonlarini asrash va parvarish qilish qoidalariga amal qilmaslik baʼzan koʻngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
Afsuski yurtdoshlarimiz bulardan tegishli xulosa chiqarib olmay, uy hayvonlarini, xususan, itni bogʻlamasdan boʻsh qoʻyishi oqibatida ayrim odamlarning it tishlashidan jabrlanishi hamon uchrab turibdi. Bu ayniqsa bahor oylarida quturish kasalligining tarqalib ketish xavfini ham yuzaga keltiradi.
Aholi orasida uy hayvonlarini asrash, parvarishlash tartiblari, quturish kasalligi va uning xavfli oqibatlarini tushuntirish maqsadida yaqinda Bobur ovulida “Jayxun sadosi” internet radiosi tahririyatining “Salomatlik – tuman boylik” nomli grant loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida OFY masʼul xodimlari, koʻcha boshchilar, faollar ishtirok etdilar.
Tadbirni OFY oqsoqoli Tajimurod Jumaniyozov ochdi va olib bordi.
Yigʻilganlarga “Tarqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova davra suhbati kun tartibidagi mavzu ayni kunlarimiz uchun juda dolzarbligi, quturish kasalligi sodir boʻlishining oldini olish choralari haqida gapirdi. Shuningdek, tuman koʻptarmoqli markaziy poliklinika Salomatlik boʻlinmasi shifokori Tamara Saidova, yuqumli kasalliklar shifokori Guljahon Abdalovalar quturish kasalligining xavfli oqibatlari, quturgan hayvon tishlaganda qanday chora-tadbirlar koʻrilishi lozimligi haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.
Davra suhbatida koʻchaboshchi Murotboy Soburov, hudud profilaktika inspektori Muhriddin Rahimov, Sevara Koʻchboyevalar kun tartibidagi mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Oʻtkazilgan tadbir ishtirokchilar ayni kunlar uchun dolzarb boʻlgan kasallik, undan saqlanish borasida koʻpgina maʼlumotlarga ega boʻlganligi bilan ahamiyatli boʻldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶