Haqiqatlar jaranggi
Ayollar majlisi bölyapti, eng faollar yiğilgan. Minbarda nuroniy hoji ona gapiryapti. Şivir-şivirlar töxtadi, boşlar «töğri-töğri» işorasini qilyapti, közlar yonib ketdi:
– Nima uçun bugun ajraşişlar köp? Negaki, oilada erkakning örni pasayib ketmoqda, keskin! Bu xavfsiraydigan holat! Ayollar, bugun biz faolmiz, tadbirkormiz. Bizga yöllar oçiq. Biz rahbarmiz! Oilalar tinç bölişi, ajraşişlarning kamayişi, jinoyatçilikning oldini oliş kabi köplab masalalarga masʼulmiz. Xöş, ayting-çi, nega ajraşişlar kun sayin köpaymoqda? Nega tirik yetimlar soni ortib boryapti? Eʼtibor beraylik, haftalab yölda yurib savdo-sotiq qilişga majbur bölayotgan ona bolasiga qanday vaqt ajratadi? Çetda işlayotgan ayollarni aytmay qöya qolaylik. Ularning farzandlari qurgan oilalar mört bölişi tabiiy emasmi?! Bolani taʼminlaş, deganda nega faqat moddiy taʼminotni tuşunamiz? Ayollar epçil bölib borayotgani sari “uy bekasi”ga aylanib qolayotgan erkaklar köpaymoqda! Bu kelajagimiz uçun ulkan xavf, axir! Oilada erkakning gapi “yurmayapti”. Negaki, taʼminotni köpinça biz böyinlaymiz. Keyin, boşqaruvni ham öz qölimizga olyapmiz-da. Xafa bölmanglar, opa-singillar, hatto şu yerda ötirganlarimizning orasida ham bu holatlar köp uçraydi.
Men öqituvçi bölib işladim. Rözğorda har xil vaziyatlar uçraydi. Hayot bir tekis emas. Maktabda işlab, tunda tikiş tikardim. Patir-non yopib, Nukus şahriga sotib kelgan paytlarim ham bölgan. Men pul topganman, deb erimning yuziga biron martayam solgan emasman. Ayol oilada öz örnini bilişi kerak. Oilada otaning roli kuçaymas ekan, u mustahkam bölmaydi! Ayol – ayolligi bilan möʼtabar. Mana bugun çolim, oilam ardoğidaman, Manğitçasiga aytganda, boşida kötarib yuradi. Bir ayolga bundan ortiq nima kerak!?
Közlar yonib tinglandi. Yuraklar yonib ketdi. Boşlar «töğri», işorasini qilib çarçamadi. Zalda haqiqatlar jarangladi!
Dildora XUDOYBERGANOVA,
tuman Xotin-qizlar qömitasining xotin-qizlar
bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy
qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶