KITOBLARIMIZ YoShLAR TARBIYaSIGA XIZMAT QILSIN!
Kitoblar zamon toʻlqinlarida suzuvchi va oʻzining qimmatbaho yukini avloddan-avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir, – degan edi F.Bekon.
Amudaryo telekanali orqali “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida “Ommaviy kitobxonlik” oyligining oʻtkazilayotganini eshitib, juda quvondim. Chunki oylik tumanimiz yoshlari orasida kitob mutolaasi ommaviyligiga oʻz hissasini qoʻshishi shubhasiz. Kitob mutolaasi esa oʻquvchiga hayotda oʻz oʻrnini topishida beminnat koʻmakchi boʻladi.
Meni ikki yildan beri NNT qoshidagi kutubxonaga aʼzoman, tez-tez kelib turaman. Shu jarayonda koʻplab oʻquvchi yoshlarning ham kelib, turli kitoblarni tanlab olayotganining guvohi boʻlganman.
Shuni eʼtiborga olib, oʻzimning yillar davomida yiqqan, biroq hozir oʻqilmay, tokchada turgan bir nechta kitoblarimni kutubxonaga sovgʻa qilishga ahd qildim. Chunki oʻqilmay tursa, har qanday durdona asarning ham elga nafi tegmaydi.
Tumanimizning barcha aholisini kutubxonaga kitob sovgʻa qilishdek ezgu ishga bosh qoʻshishga chorlab qolaman. Axir ota-bobolarimiz qatra-qatra yigʻilib daryo boʻlur, deyishgan.
Soliy SOBIROV,
taʼlim faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶