Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşining hisobot yiğilişi ötkazildi

Mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini izçil amalga oşiriş, ularni ezgu maqsad yölida birlaştiriş maqsadida taşkil etilgan Özbekiston Yoşlar ittifoqi öz faoliyatini samarali yölga qöyib, yoşlar hayotida alohida örin tutişga harakat qilmoqda. Bugungi kunda ittifoq va uning joylardagi Kengaşi tomonidan bu borada amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijasida yoşlarning jamiyat hayotidagi faolligi ortmoqda.
27-aprel kuni Yoşlar Ittifoqi tuman Kengaşining hisobot yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, ittifoqning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Abad Daniyorov, ittifoqning tuman Kengaşi raisi Mahmud Şermetov hamda Kengaş aʼzolari, faol yoşlar, hamkor taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Yiğilişda kun tartibidagi ittifoqning tuman Kengaşi tomonidan ötgan davr mobaynida amalga oşirilgan işlar haqidagi masala yuzasidan Kengaş raisi Mahmud Şermetovning hisobot maʼruzasi tinglandi. Mahmud Şermetov öz maʼruzasida tuman Kengaşining 2017-2018-yillar mobaynidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarining ijrosi, moliyaviy-iqtisodiy körsatkiçlarning bajarilişi hamda yoş tadbirkorlar va fermerlar bilan olib borilayotgan işlar, uyuşmagan yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va ularning bandligini taʼminlaş, yoşlarning turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “Ommaviy madaniyat” va boşqa yot ğoyalarga qarşi kuraşiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, töy-marosimlarni ixçamlaştiriş, erta turmuşning, yoş oilalardagi ajralişlarning oldini oliş kabilar böyiça bajarilgan işlari va ötkazilgan tadbirlar haqida hisobot berdi. Şuningdek, hududdagi “Yoşlar markazi” hamda yoşlar ijtimoiy xizmatlar markazlari, umumtaʼlim maktablaridagi Boşlanğiç taşkiloti yetakçilarining faoliyatlariga ham töxtalib ötdi. Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi faoliyati samaradorligini oşiriş hamda ötgan davrda yöl qöyilgan kamçiliklar, muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflarini ham kiritdi.
Hisobot yiğilişida iştirok etayotgan ittifoqning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Abad Daniyorov sözga çiqib, tuman Kengaşining ötgan davr mobaynidagi faoliyati böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi nomidan munosabat bildirdi. Şu bilan birga galdagi vazifalarga töxtalib ötdi.
Yiğiliş yakunida körilgan masalalar yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi va Özbekiston Yoşlar ittifoqi hisobot Qurultoyidan oldidan bölib ötadigan ittifoqning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi yiğilişida iştirok etiş uçun körsatilgan faol yoşlar nomzodi tasdiqlandi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶