Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq hamda va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi “Muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha, gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha, issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha, suv taʼminoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan. Reglament talablari isteʼmolchilarning 35 kv va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulanishi holatlariga tatbiq etilmaydi.
Elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi. Isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish, yaʼni ularni elektr tarmoqlariga ulash jarayoni texnik shartlarni ishlab chiqish, quvvati 20 kvtdan oshmagan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, quvvati 20 kvtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish, quvvati 20 kvtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj va sozlash, ishga tushirish ishlarini amalga oshirish, quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr taʼminoti shartnomasini tuzish, kuchlanishni yetkazib berish kabilardan iborat.
Reglamentga isteʼmolchilarning elektr tarmoqlariga ulanayotgan yangi va rekonstruktsiya qilinayotgan elektr qurilmalariga, shuningdek, ulangan quvvat miqdori koʻpaymasdan elektr taʼminoti sxemasi oʻzgarishiga olib keladigan elektr taʼminoti ishonchliligi toifasi, ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgartirilayotganda ham amal qilinadi.
Elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentida aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar soni hamda muddatlari tubdan qisqartirilib, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan olinadigan hujjatlar, maʼlumotlar bekor qilingan hamda davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik tadbirlari belgilangan.
M.SADIKOV,
tuman Davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶