18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 08:06
Jamiyat 👁 1,327

Muhammad Yusuf xotirasi mangu

Muhammad Yusuf xotirasi mangu

Vatanni sevishni – shoirdan oʻrgan

Oʻzbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning boʻstonida gul koʻp, chechak koʻp. Bu boʻstonda bir-biriga oʻxshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta boʻy choʻzaveradi.

Koʻngil mulkimizda nazm gulshani bor. Sheʼrdan bahra olmoqni istagan har bir muxlis uni taniydi. U oddiy inson. Oʻzi kabi oddiy, samimiy boʻlgan yaxshi insonlar uning dilini tushinadi va qadrlaydi. Uni sheʼriyat muxlislari biladi, xonanda-sozandalar taniydi, bastakorlar hurmat qiladi. Bu qalbi pok insonning samimiy sheʼrlari ohanrabo qoʻshiqlarga aylanib, har bir oʻzbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusufdir.

Oʻzi oʻlsa oʻlar, soʻzi oʻlmaydi,

Hamisha barhayot nasl shoirlar.

Haqiqiy shoirning qabri boʻlmaydi.

Yurakka koʻmilar asl shoirlar.

Muhammad Yusufning ushbu bashoratomuz soʻzlari xuddi oʻzi va oʻziga oʻxshagan, yaʼni qalblarimizga koʻmilgan, manzil-makon topgan shoirlarga atalgan edi.

Haqiqatan ham haqiqiy shoirlarning qabri boʻlmaydi, ular yuraklarimizga koʻmiladi. Yuqoridagi sheʼrda aytilganidek, “yuragimizdan manzil-makon topgan” shoirlarimizdan biri edi Muhammad Yusuf.

Sheʼriyatimizda hech kim Vatanni Muhammad Yusufdek yonib kuylamagan, shoir hech qachon chiroyli, yoniq jumlalar tuzishga urinmaydi. Oʻz uslubiga sodiq qolib, kundalik lugʻat boyligidagi oddiy soʻzlardan oʻzini ham, oʻquvchilarni ham zoriqtirmay vatan muhabbati deya atalmish tuygʻuni ilohiy yuksaklikdan koʻngillarga singdira oladi.

Muhammad Yusufning “Ulugʻimsan Vatanim” sheʼri asosida yaratilgan qoʻshiqni eshitmagan, uni xonandaga joʻr boʻlib birga aytmagan yurtdoshimiz kam topiladi. Bastakor sheʼr matniga mazmun-mohiyatiga shunchalar mos, ohangdosh musiqa topganki, goʻyo shoir oldindan shu musiqani xirgoyi qilib ashʼor bitganday. Sheʼrdagi mazmun va ohang rivoji musiqada ikkinchi umrini boshlaydi, xonanda ovozi goh kuchayib, goh pasayib oʻzbekning tarixiy koʻtarilish va tanazzul bosqichlarini ifoda etadi.

Xalqning asl farzandlari hamisha eslanadi. Bu yil shoir tavalludining 64 yilligi yurtimiz miqyosida keng nishonlandi. Jumladan 17-sonli oʻrta maktabda ham katta tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbirda Muhammad Yusuf qalamiga mansub eng sara sheʼrlar ijro etildi va qoʻshiq qilib kuylandi. Muhammad Yusuf oʻzi sheʼr oʻqigan videorolik namoyishi oʻquvchilar qalbida shoirning haqiqiy qiyofasini gavdalantirdi. Tadbirni bir-biridan jozibador raqslar yanada maroqli qildi.

Xalq shoiri. Ushbu nomga, mavqega sazovor boʻlish, haqiqiy maʼnoda el dardi uning tashvish-u quvonchlariga sherik boʻlish, qalbdan his etish, sevish va uning uchun qaygʻurib yashash har kimga ham nasib etavermaydigan taqdir.

Albatta, bunday fidoyilikning mukofoti ham bor. Zero, xalq yashar ekan, u tan olgan shoirning chirogʻi oʻchmaydi.

Inobat Rajabova, 17-sonli maktabning

ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026