21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 04:44
Jamiyat 👁 1,527

Onalikdek buyuk baxtdan yuz ögirgan ayollar

Onalikdek buyuk baxtdan yuz ögirgan ayollar

Ona mehrining qudrati

Qiş kunlarida özimizning milliy telekanallarimizdan birida uzoq Qutbda yaşaydigan oq ayiqlar haqida körsatuv berildi. Abadiy muzliklarning erib, yil sayin qisqara borayotgani munosabati bilan oq ayiqlar hayotida kuzatilayotgan qiyinçiliklar, ularning soni tobora kamayib borayotgani haqida ogohlikka çorlovçi körsatuvda mening diqqatimni bir narsa tortdi: odatda ona oq ayiqlar juda bolajon bölişarkan. Ular bolasini ikki yoşgaça avaylab-asramasa, nobud bölib ketarkan. Körsatuvda bahaybat ona ayiqning özi va bolasi uçun yemiş topişi yölida qilgan harakatlarini körişning özi odamni mulohazaga çorlaydi. Mana, ular baliq tutib yeb, sal bölsa-da, nafsini qondirib, endi ona-bola tin olmoqçi edi, ona ayiq qandaydir xavfni sezib, bezovtalana boşladi.

Şunda ular oçlikdan atrofni larzaga keltirib bökirib kelayotgan erkak ayiq ovozini eşitdi. Ona ayiq darrov muz qoyalar oralab (yuriş oğir bölsa-da) bolasini qoçişga undadi. Bola ayiq esa böysunmay, qor bilan qoplangan adirga tomon yurgisi keladi. Biroq ona ayiq bolasini bu yöldan qaytarib, muzli qoyalar sari boşladi. U yer özlari uçun xavfsizroq edi.

Baxtga qarşi, erkak ayiq ularni payqab qolib, iziga tuşdi. Niyati bola ayiqni yeb (erkak ayiqlar oçlikdan yemiş topolmasa, şunday qilişar ekan), qornini töyğaziş edi. Ona-bola ayiqlarning erkak ayiqdan ming maşaqqatlar bilan qoçişga urinişi tasvirlangan lahzalarni şunday hayajon, xavotir bilan tomoşa qildimki, butun vujudim larzaga keldi. Nihoyat, erkak ayiq ona-bolaning orqasidan quvib yetdi. Şunda ona ayiq ikki oyoğida tikka turib şunday bökirdiki, odamning yurak-yuragini ezib yuborguday bu nolaga afsus, nafs qiynayotgan erkak ayiq parvo qilmay, bola ayiqqa taşlandi. Şunda hayvon bölsa-da, közlarida bemisl mehr balqib turgan şörlik ona ayiq özidan ança yirik, bahaybat erkak ayiq bilan oçiq jangga kirişdi. Öz ovozida bolasini qoçişga undab, özi erkak ayiq bilan ançagina olişdi. Şu payt erkak ayiq atrofda qandaydir yemiş hidini sezib qolib, olişuvni töxtatib, atrofni hidlab aylana boşladi. Yarador ona ayiq bundan foydalanib, bolasining izidan yölga tuşdi. Körsatuvni oxirigaça yuragimni hovuçlab, ilohim, bola ayiq nobud bölmasaydi, degan xavotir bilan tomoşa qildim. Xayriyat, oxiri xayrli yakun topdi. Şunda men hatto, hayvonlarda ham ona mehrining qançalar qudratga ega ekanligiga yana bir bor amin böldim...

Ha, ona mehrining qudratiga qiyos yöq. U toğlarni talqon qilguday, daryo suvlarini jilovlaguday çeksiz kuçga ega.

Tölqin ovulida 6 nafar yoşgina norasidalari bilan beva qolgan bir ayolni bilaman. Eri vafot etganida eşitgan borki, uni ayadi. Olti bolani yedirib, içirib voyaga yetkazişning özi böladimi? Axir rözğor yuki qöş hökizni ham holdan toydirib qöyadigan lahzalari bölişi hammaga ayon. Biroq öşa ayol buning uddasidan çiqdi, yomon yölga yurmadi, hukumat idoralariga diydiyo qilib bormadi, dehqonçilik qildi, mol boqdi, keçalari biri-biridan bejirim kiyimlar töqidi, quroq quradi.

Hozir öşa farzandlarining hammasi voyaga yetib, oilali bölib ketişdi. Eng muhimi, mehnatga eş bölib ulğayişgani bois, barçasi halol, mehnatsevar.

Şular haqida öylab ötirib, ijtimoiy tarmoqlarda bir neça oy burun – mamlakatimizning iftixoriga aylangan, 43 yoşida ham yoş qizlarday yengil atletika böyiça jahon miqyosida ötkazilayotgan turli musobaqalar sovrindori, ğolibi bölib kelayotgan, dunyodagi eng keksa atletikaçilardan biri deb tan olingan Oksana Çusovitina haqida öqiganlarim esimga tuşdi.

Bir qaraşda hammamiz havas qiladiganimiz bu sportçi ayolning sportda yutuqlarga erişişiga sabab bölgan omil ham aynan onalik mehri ekan. Maqolada yozilişiça, uning bir nafar farzandi oq qon kasalligiga çalinib, uzoq yillar davolanişga muhtoj bölgan, sportçi onaga moddiy kömak uçun hatto, xayriya ham uyuştirilgan ekan. Biroq surunkali davolatiş uçun köp mablağ zarur bölgaç, Oksana Çusovitina öz qayğularini heç kimga dasturxon qilib ötirmay, dunyo miqyosidagi musobaqalarda ğolib bölib, köp mablağ topişga erişgan va topganlari evaziga farzandi hayotini saqlab qolgan ekan.

Olti nafar farzandni yolğiz boşi bilan yedirib, içirib voyaga yetkazgan, hayotda ularga halol yaşaşni örgata olgan ayol qudrati oldida daryoni tösiş ham heç gap emas, nazarimda.

Farzandini sotgan onalar

Ular haqida ham yozsam, öqib körib, “tavba”, dersiz, “qöysangçi, bölmagan gap” dersiz, ehtimol? Ehtimol, ayrimlar menga öxşab ular haqida ijtimoiy tarmoqlarda öqib, inson zotining, ayolning şu qadar tubanlikka borişidan köngli oğrib, baʼzan keçalari uyqusi qoçib ham yurgandir? Xayolan menga öxşab, ey ona, sen bolangni emas, imoningni sotayapsan! Buning ikki dunyoda ham sörovi borligini nahot unutsang, deb xitob qilayotgandir. Axir bola Allohning inoyati-ku, bunga sazovor bölolmay, dunyoda farzand doğida kuyib kul bölayotgan ayollar ham bisyor ekanligini körmayapsanmi, közlaring körmi, deyişni, insofga çaqirişni istovçilar ham köpdir? Bunga aminman. Çunki biz bolajon xalqmiz. Borimizni bolamizga ilinadigan, hatto oyoğiga tikan kirsa, vujud-vujudimiz sirqirab oğriydigan xalqmiz.

Taassufki, ana şunday tomiri toza manbalardan oziqlanib kelayotgan nekbin, pokiza xalqning ayrim ayollari öz bolasini sotişdek qabih işlarga qöl urayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilişiça, ötgan yilning özida bolasini sotişga uringan öndan ziyod ayollar aniqlanib, jazoga tortilgan. Afsuski, bundan tegişli xulosa çiqarmagan Farğona viloyatida yaşovçi bir ayol şu yilning 18-yanvarida 3 oylik çaqaloğini 13 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida, Şahrisabzda bir şifokor tuğib taşlab ketilgan qiz çaqaloqni 1 ming 200 dollarga pullayotganida, Toşkent şahrida esa viloyatdan kelgan bir ayol yoşiga tölmagan bolasini bir xonali kvartiraga almaşayotgan vaqtida huşyor yurtdoşlarimiz harakati tufayli huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olingan.

Qaşqadaryoda ikki nafar ayol bir haftalik çaqaloqni 3 mln. sömga, Termiz tumanida yaşovçi 23 yoşli ayol öz otasi va onasi bilan jinoiy til biriktirib, bolasini 20 mln. sömga, Pişton tumanida P.S ismli ayol 20 kunlik çaqaloğini 10 ming AQŞ dollariga, Buloqboşi tumanida yaşovçi M.I ismli ayol 23 kunlik norasidasini 4 ming 500 AQŞ dollari va 4 mln. sömga, Qiziriq tumanida yaşovçi M.Q. 18 kunlik qiz çaqaloğini 500 ming sömga sotayotganda qölga olingan.

Şu jumlalarni yozayotib, könglimga yana bir oğriqli savol keldi: bular-ku qölga tuşibdi, jinoiy javobgarlikka tortilib, jazosini olibdi (aslida öz bolasini sotgan onaga har qanday jazo ham kam), yana qança qölga tuşmagan, bolasini pullab yurganlar bordir? Hah-h, xom sut emgan banda-ya! Bu mudhiş xatolaringning u dunyoda ham, bu dunyoda ham javobi muqarrar ekanligini anglaganingda, özingni qanday oqlar ekansan? Norasidangning uvoli tutib, közing eşikda bölib qolgan vaqtlaringda kim holingni sörar ekan? Dunyoda farzanddek bebaho neʼmatning qadr-qimmatini qaçon anglar ekansan? Nikohsiz bola tuğiş ham gunoh (aksariyat sotilayotgan bolalar nikohsiz tuğilgan), uni sotişning gunohi undan-da oğir ekanligini nahotki bilmasang?!

Ona ... öz jigargöşasining qotili!

Buni oldinroq öqigan edim. Avstraliyalik Mari Krabtri degan ayol bolalarining hayotini katta mablağ evaziga suğurta qildirib, 18 yoşli öğliga oğriq qoldiruvçi dorini yuqori dozada içirib, ölimiga sababçi bölgan. U öğlining suğurta pulini olib, 16 yoşli qiziga ham yuqori dozada dori berib, ölişini ham kutib ötirmay, oilasining qolgan aʼzolari bilan dengiz sayohatiga jönab ketgan. Qizaloqni biror haftalardan söng dugonalari izlab kelişganida, ölik holda körişgan. Insoniy qiyofasini yöqotgan ayol uçinçi farzandi hayotiga ham tajovuz qilmoqçi bölgan vaqtida qizaloq odamlarni yordamga çaqirgan.

Töğrisi, bu xabarni öqigan vaq-timda huşimni yöqotayozdim. Axir ona, öz vujudida töqqiz oy kötarib, ne bir azobda dunyoga keltirgan, ming maşaqqatlar bilan voyaga yetkazgan öz jigargöşasini öldira olişiga odamning aqli bovar qilmaydi-da!

Töğri, insoniyat tarixida jang-u jadallar, talotöplar, uruş-qirğinbarotlar köp bölgan. Bu jarayonlarda qurbonlar ham berilgan. Biroq, tinç-osudalik şaroitida onaning öz bolasini, yana pul uçun öldirişi nazarimda eng aqlli mavjudot sanalmiş inson zotining insonlikdan tonişidir. Axir hayvonlar, quşlar ham öz bolalarini qançalik fidoyilik bilan parvarişlaşini, xavf-xatardan himoya qilişini bilamizku!

Öqiganimni “hazm” qilişim oğirlik qildimi, bilmadim, şu haqda bir suhbatda aytib qoldim.

– Yöğ-e... – hayratini, nafratini yaşira olmadi 33-sonli maktab direktori Hanifa Yaxşimova. – Şunday ona ham bölişi mumkinmikan?

Hamsuhbatim jim qoldi. Farzand doği uning yuragiga öçmas jarohat solganini men anglab turardim. Bunday azoblar menga bolaligimdan taniş.

Onam... mening munis, mehribon, kiçkinagina jussasida olamça qudrat yaşiringan onaginam dunyoga keltirgan ilk ikki öğli, qizidan ayrilgaç, biz yetti tuğişganni ravo körganiga har nafasida Yaratganga şukrona aytib yaşadi. Goh opalarimning, goh singillarimning yo ukamning biror qiliğimizni bevaqt ketgan nuridiydalariga öxşatib, eslab qöyar, odatlarini biznikiga mengzab ötirardi. Keyin birdan xomuş tortib qolganida qanday ovutişga hayron bölar edik..

Mayli, bularni qöya turay. Menga eng alam qiladigani – bu bolasiga özi ozor yetkazuvçi, joniga qasd qiluvçilar oramizda ham uçrayotgani.

Sening gunohing nima edi, bolajon?!

Qaşqadaryolik yoşgina ayol 6 yoşli qizini dala hovlisida qarovsiz qoldirib ketganida qizaloqning yiğisini eşitib odamlar xabar olişganida uni ayançli holda körişgan. Yaʼni onasi uni köp qarovsiz yolğiz qoldirgan, muntazam azoblab kelgan, tanasini kuydirib, kamiga ustiga tuz sepgan...

Voajab! Ayol zoti ham şunçalar bağritoş bölarkanmi? Kimlardir bu dunyoda farzand tilab, Yaratganga kun-u tun iltijolar qiladi-yu, nomigina ona bölgan baʼzi nobakorlar öz bolasiga azob bersa?! Eh... qaniydi, agar qonunlarimizda kimningdir birovga bergan ozorini öziga qaytariş imkoni bölganida edi, öşa ayol öz qilmişining azobini anglagan bölarmidi?

2-aprel kuni Qöqon şahridagi Qöqon-Toşkent avtobekati yonidan 3 yoşli öğil bolaning murdasi topilgan. Aniqlanişiça, uni onasi böğib öldirib, şu yerga taşlab, özi işlaş uçun Toşkentga yöl olgan. Ayol asli andijonlik bölib, turmuşidan ajraşgaç, ota uyidan ham nizolar tufayli çiqib ketib, işlaş maqsadida Toşkentga borgan. Bola bilan öziga mos iş topolmay, alamini bolasidan olib, böğib öldirib, özi Toşkentga qaytib ketgan va Toşkentda qölga olingan.

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi kanalda yangi tuğilgan öğil bola çaqaloqning böyin sohasiga mato bölagi boğlangan holda jasadi topildi. Aniqlanişiça, uning ham qotili öz onasi – kollej öquvçisi ekan.

Şu yil 5-mart kuni Namangan viloyatining Norin tumanida yaşovçi ayol fermer xöjaligi boğida yollanib işlayotgan vaqtida tölğoq tutib qolgan. U boğdagi hojatxonada çaqaloqni dunyoga keltirib, qasddan öldiriş maqsadida hojatxonaga taşlab yuborgan.

Baxtli tasodif tufayli çaqaloq omon qolgan.

Ötgan qiş mavsumining ayni qahraton kunlarida Namanganda çiqindixonaga taşlab ketilgan çaqaloq haqida “Özbekiston–24” telekanalida aytilganida eşitgan borki, yoqa uşladi.

Ming afsus nadomatlar bölsinki, turli joylarga tuğib, goh sport sumkasiga solingan, goh yalanğoç holda bolasini taşlab ketiş hollari sodir bölayapti. Ayol zotining, onaning öz zurriyodiga bunçalik bağritoşlik qilişi naqadar tubanlik.

Axir dunyoga kelgan bolada nima gunoh? Agar öşa kimsalarda ozgina odamiylik, vijdon, insof bölganida nikohsiz bola tuqqani uçun özi javobgar ekanini, har qanday jazoga özi loyiq ekanini anglagan bölar edi.

Ehtimol, şularni öqigan kimdir ularni muhokama qilişning senga nima zarurati bor, deya iddao qilar, özingni bil, özgani qöy, der. Biroq, aziz zamondoşim, şu jamiyatda barçamiz birgalikda umrguzaronlik qilar ekanmiz, şu jamiyat taqdiriga barçamiz birdek javobgar ekanligimizni, bu dunyo sinovli dunyo ekanligini, sinovda jazo, mukofot, ajr borligini, bu dunyoda qanday yaşaganimizga qarab boradiganimiz jannat va dözax degan manzillar borligini aytiş, ogohlikka çaqirişni burçim deb bildim.

Alloh taolo marhamat qiladilar: “Bu beş kunlik dunyo hayoti vaqtinçalik bir matoh, xolos. Albatta, oxirat barqarorlik diyoridir” (Ğofir surasi, 39-oyat). Va yana bir kalimada hamma odamlar tinçlikka doxil (burçli) bölişga çaqirilgan. Bas şunday ekan, atrofimizga beparvo qaraşga heç birimizning haqqimiz yöq, öz bolalarining qotili bölgan onalarni insofga çaqiriş har bir imon-eʼtiqodli insonning burçi. Axir öz onasi qöli bilan öldirilayotgan gödaklarda nima ayb?

Oygul PAJABOVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026