Oʻquvchilar ijodida ranglar jilosi aks etdi
Tasviriy sanʼat darslarida oʻquvchilarning tasavvurlari rang tasvirlarida jonlanadi. Oʻz tasvirlarini dunyoqarashlaridan kelib chiqib yaratadi. 13- maktab tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Sarvar Nurullayev shu boisdan oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytiradigan va tasavvurlarini boyitadigan “Krossvordlar tanlovi”, ”Maketlar ishlash”, ”Baxor fasli mening tasavvurimda”, “Biz jaholatga qarshimiz”, “Devoriy roʻznomalar tanlovi” kabi tanlov va bellashuvlarni oʻquvchilar oʻrtasida tez-tez oʻtkazib turadi.
Yaqinda maktabimizda 6-sinf oʻquvchilarining “Kamalak” va “Yosh rassomlar” jamoalari oʻrtasida tasviriy sanʼat boʻyicha “Ranglar jilosi” bellashuvi oʻtkazildi. Bellashuvni maktabning 10-sinf oʻquvchisi Ozoda Norimova olib bordi. Ishtirokchilar tanishtirish, berilgan rasmlarni boʻyash, erkin mavzu, savol-javob va sardorlar bellashuvi kabi shartlar boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Bellashuv yakunida ”Yosh rassomlar” jamoasi 25 ball bilan 1-oʻrinni, “Kamalak”jamoasi 22 ball bilan 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar. Tadbir yakunida oʻquvchilarga maktab maʼmuriyati tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bellashuv oʻquvchilarning tasviriy sanʼat faniga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Aziza Ahmedova,
13-sonli maktab oʻqituvchi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶