Qishloq xoʻjaligi
👁 1,392
Gʻoʻza qator oralariga dastlabki ishlov berilmoqda


Tumanimiz fermer xoʻjaliklarida chigit ekish ishlari tugallanish arafasida turgan ayni kunlarda dalalarda qiygʻos unib chiqayotgan gʻoʻza nihollari kishi koʻzini quvontiradi.
Endi paxtakor dehqonlarimiz barcha diqqat eʼtiborini hamda imkoniyatlarini gʻoʻza parvarishiga jalb etib, dalalarda moʻl paxta hosili yetishtirishning taraddudini koʻradilar.
Joriy yilning 18-aprel kuni Qilichboy ovulidagi”Pajabov Omonboy”fermer xoʻjaligida gʻoʻza qator oralariga ishlov berish ishlari boshlab yuborildi.
Fermer xoʻjaligida gʻoʻza qator oralariga ishlov berish jarayonida mahalliy va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish masalasiga alohida eʼtibor berilayapti.
A.Jumaniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶