14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:20
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,222

TOMORQADA HIKMAT KOʻP

TOMORQADA HIKMAT KOʻP

Xalqimiz azal-azaldan tilsiz zamin bagʻridan oʻz rizqini undirib, tirikchilik qilib kelgan. Afsuski, qariyb bir asrga yaqin hukm surgan sobiq ittifoq tuzumi davrida qishloq odami tongdan shomgacha paxta dalasidan chiqa olmadi, hovlisi atrofini oʻylagulik fursati boʻlmadi, oʻzimizda yetishtirish imkoniyati yetarli boʻlgan poliz mahsulotlari, sabzavotlarning chetdan keltirilganini bir kun sotib ololsa, bir kun ololmay, boriga qanoat qilib yashadi, yerga ixlosi qoʻllab-quvvatlanmadi.

Shukurki, bular bari oʻtmishda qoldi. Oilada daromad manbalarini yaratish, daromadni oshirish tufayli xalqimiz turmushi tobora farovonlashmoqda. Tomorqa oila iqtisodini yuksaltiruvchi, rizq-roʻzini ziyoda qiluvchi manba ekanligi bugun barchaga birdek ayon.

Joriy yilda tumanimiz boʻyicha 410 yuridik maqomga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari va 32 ming 570 nafar tomorqa yer egalarining 5 ming 217,4 gektar ekin maydonlarining barchasidan unumli foydalanish va yuqori hosil yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilib, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasidan samarali foydalanish, oila daromadini oshirish, shuningdek, issiqxona barpo etish, chorva mollari, parrandalar parvarishlash, asalarichilik bilan shugʻullanishni tashkil etish qoʻshimcha daromad manbai ekani aniq misollar asosida tushuntirilmoqda. Bunda tomorqasida arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirayotgan oilalar tajribasi keng ommalashtirilayapti.

Aholi bilan oʻtkazilayotgan muloqotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 291-moddasiga asosan yakka tartibdagi uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilmagan yoki obodonlashtirilmagan hollarda 3 barobar miqdorda yer soligʻi toʻlanishini belgilovchi qoʻshimchalar kiritilgani haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Dehqon xoʻjaliklari ekin maydonlaridan samarali foydalanmaslik endilikda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish boʻyicha choralar koʻrilishiga olib kelishi mumkinligi tushuntirilayapti.

Tomorqa! Ostona hatlab uyimizdan chiqishimiz bilan nazarimiz tushadigan bu daxlsiz hududimiz bizdan endi oqilona munosabatni, ekin ekib moʻl hosil undirishda ilm-fan yutuqlaridan omilkorlik bilan foydalanishni talab qilmoqda. Axir, uning qay yoʻsinda koʻz oʻngimizda namoyon boʻlishi oʻz saʼy-harakatimizga bogʻliq.

Ishning oʻzini emas, koʻzini bil, deydi donolar. Oʻz tomorqa yeriga qanday ishlov berishni, qanday oziqlantirishni, ekindan qanday hosil olishning hadisini olgan yurtdoshlarimiz joriy yil hosili uchun ekish ishlariga allaqachon kirishib ketishdi. Beda, ertagi kartoshkalari unib chiqa boshladi.

Farzandlarini qaygʻurgan, yaxshi koʻrgan odam tomorqasidan samarali foydalanadi. Kartoshka, piyoz, pomidor, bodring, sabzi, mevalar oʻz tomorqasida yetilib tursa, roʻzgʻorda yetar-yetmaslik boʻlmaydi. Bu neʼmatlarni farzandlaring oʻz qoʻli bilan uzib yesa, bu qanchalar baxt.

Tomorqada rizqimiz unibgina qolmay, bizga oʻz mehnatimizdan zavqlanish baxtini ham beradi, butun oila hamjihatlikda mehnat qilish koʻnikmasini shakllantiradi, mehnatni qadrlashga oʻrgatadi.

Ha, tomorqada hikmat koʻp.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019