16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,402

HAR QARICh YeRDAN UNUMLI FOYDALANISh - FAROVONLIKKA ELTADI

HAR QARICh YeRDAN UNUMLI FOYDALANISh - FAROVONLIKKA ELTADI

Bugungi kunda koʻklamning qulay, iliq kunlaridan foydalanib, ertagi ekinlarni ekib yuqori hosil olish uchun harakat tobora avj olmoqda. Chunki tomorqa yerlarda yetishtirilgan mahsulotlar eng avvalo yangi uzib isteʼmol qilinishi, ekologik tozaligi bilan afzal. Qolaversa, butun oila aʼzolari hamjihatlikda yetishtirgan mahsulotning taʼmi oʻzgacha boʻladi, roʻzgʻorga madad boʻladi.

Yashirishning hojati yoʻq, bugungiday “dorilomon kunlarda ham nochor yashayotgan, kam taʼminlangan oilalar yoʻq emas. Aholining ana shunday gʻamxoʻrlikka muhtoj qatlami uchun ham tomorqasini qoʻshimcha daromad manbaiga aylantirishi, chorva, parranda parvarishlash orqali qoʻshimcha daromad topishiga erishish albatta, kelgusida oʻz natijalarini beradi.

Yaqinda shu maqsadda tuman Kengashi deputatlari, “Oq oltin” ovul fuqarolar yigʻini hamda jamoat tashkilotlari xonadonma-xonadon yurib, mazkur ovulda yerdan foydalanish ahvoli ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirdilar.

Tumanimizning “Oq oltin” ovuli aholisi azal-azaldan dehqonchilikda oʻziga xos tajriba va mahoratga ega. Ular birinchilardan boʻlib, koʻkpiyoz, sabzi, kartoshka, bodringlarni yetishtirib, bozorga chiqarishadi. Xonadonlar tomorqalarini koʻzdan kechirsangiz, hozir ertagi kartoshka, piyozlari koʻk solib turibdi.

Ovulning tajribali tomorqa egasi Yoʻldosh Samandarov oʻz hovlisida barpo etgan issiqxonasida pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri kabi ekinlar koʻchatlarini yetishtirib, otiziga koʻchirib ham boʻldi. Erta ekilgan kartoshka bir tekis koʻkarib chiqqan.

Shuningdek, Egambergan Safarniyozov, Akram Yusupovlarning tomorqasida ham koʻzni quvontiradigan manzaralarni koʻrish mumkin. Pushtalarga koʻchirib oʻtqazilgan pomidor, bulgʻor qalampiri, bodring nihollari rivoji yaxshi.

Ovulning “Toza bosu” aholi punktidagi yangidan bunyodga kelgan, 50 tadan ziyod xonadon istiqomat qilayotgan shu nomdagi koʻcha boʻylab yurgan kishi atrofning oqarib, shoʻrlab yotganidan ajablanishi tayin. Koʻcha yaqinidan ulkan yop oqib oʻtganligi sababli koʻchadagi barcha xonadonlarning tomorqa yerlari ham haddan ziyod shoʻrlab ketgan.

- Yerimizga ketmon ursak, zah suv chiqadi. Biz ham oʻzimizga kerakli mahsulotlarni oʻz tomorqamizdan yetishtirishni orzu qilamiz, - deyishadi mazkur koʻchada istiqomat qiluvchilar.

Nazorat guruhi aʼzolari ularga amaliy yordam berish yuzasidan chora-tadbirlar belgiladilar.

Shuningdek, ovulda faoliyat yuritayotgan “Nazokat-Shohruh” fermer xoʻjaligida oʻtgan yili xoʻjalik ekin maydonlarining ayrim qismiga rejada belgilanmagan ekin-sholi ekilgani aniqlanib, xoʻjalik raisi Ikrom Davlatyorov kelgusida buningdek holatni takrorlamaslik yuzasidan ogohlantirildi.

maydonlarimizda, tomorqa yerlarda yetishtiriladigan hosil kelgusi farovon hayotimizni taʼminlaydi. Shu boisdan ham bu masalaga hech kim beparvo qarashga haqqi yoʻq.

O.Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026