KONSTITUTsIYa KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR
Shu yilning 9-aprel kuni 46-sonli umumtaʼlim maktabida Qoraqalpogʻiston Respublikasining 25 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda maktabning maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahodir Otajonov “Konstitutsiya – Asosiy Qonunimiz” mavzusida maʼruza qildi. B. Otajonov oʻz maʼruzasida 1993-yilning 9-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida keng tushunchalar berdi.
Maʼruzachi oʻz nutqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy printsiplari, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs, maʼmuriy-hududiy tuzilish, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibiga bagʻishlangan 6 ta boʻlim, 26 ta bob va 120 ta moddadan iborat ekanligi, oʻtgan davr mobaynida Konstitutsiyaga bir qancha oʻzgartirishlar kiritilganligi haqida gapirib, unda eng demokratik tamoyillar va normalar aks ettirilganligini taʼkidladi.
Shundan keyin maktabning 9A-sinf oʻquvchilari Maftuna Qodirova va Muxlisa Yoʻldoshevalar soʻzga chiqishib, barchani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi bilan tabrikladilar va Konstitutsiyamiz tufayli yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, aʼlo baholarga oʻqishga va jamiyatimizning yetuk aʼzolari boʻlishga soʻz berdilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi 25 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan bu tadbir barcha oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Gulzebo TILAVMUROTOVA,
maktabda tashkil etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶