AMUDARYoLIK YeTAKChILAR TAShABBUSI
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Abat Daniyarov Amudaryo tumanidagi 82 ta maktab, 1 ta akademik litsey va 8 ta kasb-hunar kollejining yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari bilan uchrashdi.
A.Daniyarov yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari bilan uchrashuv paytida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2018-yil 30-martdagi “Gʻalla xirmonini oshirish va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holatlarini oʻrganishni takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi 308-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yetakchilar uchun safarbarlik oyligi eʼlon qilinganini, endi ular har bir xonadonga kirib, tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha amaliy ishlar bilan shugʻullanishlarini maʼlum qildi.
Uchrashuvda 91 nafar amudaryolik yetakchining har biri safarbarlik oyligi davomida kam taʼminlangan 6 ta xonadonga kirib, ularning tomorqa yerlariga 5 tadan daraxt koʻchatlarini oʻtqazishga soʻz berishdi. Natijada ular 450 dan ortiq xonadonlarga tashrif buyurishib, oʻz hisoblaridan 2700 tubdan ortiq daraxt koʻchatlari oʻtqazadilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶