Ayollari faol jamiyat yanada gullab-yashnaydi



Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining joriy yil, 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va ushbu Farmonga qoʻshimcha amaliyotga joriy etilgan Davlat dasturi “Faol tadbirkorlik va innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da mamlakatimiz ayol-qizlari hayotida ijobiy oʻzgarishlar yasash imkonini berdi. Ayniqsa, Prezident Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan, 56 banddan iborat Davlat dasturida belgilangan vazifalar qamrovi gʻoyat keng boʻlib, ayni paytda bu vazifalarni hayotga tatbiq etishga kirishildi.
Joriy yilning 5-aprel kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida boʻlib oʻtgan tuman xotin-qizlar qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishi yuqoridagi Prezident Farmoni va Davlat dasturi doirasida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar va bu vazifalarning joylardagi ijrosiga bagʻishlandi.
Yigʻilishda tuman hokimligi mutaxassislari, xotin-qizlar qoʻmitasining FHDYo boʻlimi, “Mahalla” jamoat fondining tuman boʻlimi mutaxassislari, xotin-qizlar qoʻmitasining OFY va MFY lar diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha mutaxassislari, tumandagi taʼlim muassasalari rahbarlari, maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha umumtaʼlim maktablarining direktor oʻrinbosarlari, joylardagi boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotlari raislari, tuman tibbiyot birlashmasi yetakchi shifokorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Yigʻilishni tuman hokimi muovini, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi va olib bordi.
Yigʻilish kun tartibidagi asosiy masala “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbilari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash va Farmonga muvofiq amaliyotga tatbiq etilgan Davlat dasturida belgilangan vazifalarning tumanimizda bajarilishi haqida, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova maʼruza qildi. U oʻz maʼruzasida Prezident Farmoni va Davlat dasturi ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar koʻngildagidek emasligi, koʻpchilik OFY va MFYlarda “Xotin-qizlar bilan ishlashish jamoatchilik komissiyalari, faollik koʻrsatmayotgani, hamon joylarda toʻy-maʼrakalarni oʻtkazish borasida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani, boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotlarining ayrim rahbarlari amaliy ishga kirishmayotgani, yoshlarning erta turmush qurishi, hayotga yengil-yelpi qarashlari oqibatida oilaviy ajralishlar kamaymayotgani xususida toʻxtalib oʻtdi.
– Oilada yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish zarur, – dedi M. Ahmedova oʻz maruzasida. – Ularning kiyinish, muomala, jamoat joylarida oʻzini tutish madaniyatiga ham ota-onalar, ham taʼlim muassasasi xodimlari, mahalla faollari juda eʼtiborli boʻlishlari zarur. Yosh-yosh qizlarimiz, kelinchaklarimiz chet davlatlarga ishlash uchun chiqib ketishlarining oldini olishimiz, chetda yurgan ayol-qizlarni oilasi bagʻriga qaytarishimiz shart. Chunki jamiyatmizning maʼnaviy jixatdan yuksalishi, eng avvalo ayol-qizlarimizga bogʻliq. Ayol oilasi bagʻrida yashab, bolasini tarbiyalasin, tadbirkorlik bilan shugʻullansin, tomorqa xoʻjaligini yuritsin. Buning uchun davlatimiz qancha gʻamxoʻrlik qilayotir: imtiyozli bank kreditlari, tadbirkorlik tadbirkorlik sohasida soliq boʻyicha imtiyozlarning barchasi oila farovonligi, ayolning tinchligi uchun.
Maʼruza yuzasidan muzokaralarda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Pobiya Yoʻldosheva, 40-sonli maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sanobar Xoʻjamurodova, tuman tibbiyot birlashmasi bosh akusher-ginekologi Muhabbat Yusupovalar ishtirok etishib, Prezident Farmonida belgilangan vazifalarni tumanimiz ayol-qizlari hayotiga tatbiq etishda yanada faollik bilan mehnat qilish zarurligini, ayollari faol boʻlgan jamiyat yanada gullab-yashnashini taʼkidladilar.
Yigʻilish yakunida koʻrilgan masala yuasidan tegishli qaror qabul qilindi.
(Oʻz muxbirimizdan).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶