“Yoshlar” – final gʻolibi boʻldi
Joriy yilning 1-aprel kuni tuman Madaniyat boʻlimi saroyida tumandagi oʻrta maxsus, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Koʻrik-tanlovning final bosqichida quyi bosqichlarda 1-, 2-oʻrinlarni egallagan 2 ta jamoa – Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejining “Maroqand” jamoasi, Mangʻit iqtisodiyot kollejining “Yoshlar” jamoasi oʻzaro kuch sinashdilar. Tanlovda yana bir jamoa 33-sonli maktabning “Osmondagi bolalar” jamoasi oʻzlarining chiqishlarini tomoshabinlarga havola qilishdi.
Doʻstona va samimiy ruhda oʻtgan “Quvnoqlar va zukkolar” bahsida oʻzlarining chaqqonligi hamda chuqur zakovatga ega ekanligini amalda namoyon etgan Mangʻit iqtisodiyot kollejining “Yoshlar” jamoasi koʻrik-tanlovning tuman bosqichi gʻolibi deb topilib, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining Kubogi va diplomi bilan taqdirlandi.
Bekzod Ismoilov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶