SEKTOP PAHBAPI XONADONLAPDA BOʻLDI
Shu yilning 3-aprelida 1-sektor rahbari, tuman hokimi S.Yoʻldashev oʻz hududiga kiruvchi Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻinida boʻldi va aholi hayoti bilan tanishdi.
Shuningdek, uzoq yillar qishloq xoʻjaligi sohasida samarali mehnat qilib, kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan Quvvat ota Gaipovga nogironlik aravachasini sovgʻa qildi.
Ollayor Orziboyev ham kasallik tufayli elga aralasholmay, oʻzi erkin harakatlana olmay qolganiga bir necha yillar boʻldi. Umr boʻyi haydovchi boʻlib ishlab, keksalikka qadam qoʻyar-qoʻymay kasalikka chalindi, ikki bora insultni boshidan kechirgan mehnat faxriysini qoʻni-qoʻshnilari, doʻst-birodarlari tez-tez yoʻqlab, holidan xabar olib turadi, koʻnglini olishga intilishadi.
Shu kuni tuman hokimi S.Yoʻldashevning unga nogironlik aravachisini sovgʻa qilgani nafaqat Ollayor Orziboyev uchun, balki, oila aʼzolari uchun ham quvonchli voqea boʻldi.
- Avvalo, mehr, eʼtiborning oʻzi inson uchun eng katta sovgʻa. Qolaversa, uzoq yillar mehnat qilib, nogiron boʻlib qolgan ikki faxriy ogʻamizga harakat qilish imkonini beruvchi aravacha sovgʻa qilingani bizni ham sevintirdi, - deydi ShFY raisi Nuraddin Xolboyev.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶