Huquq bilimdonlari bellashdilar
Yaqinda 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining tantanalar saroyida “Qonun – yoshlar nigohida” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Oʻzekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur koʻrik-tanlov taʼlim muassasalari oʻquvchilarining huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini oʻstirish, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash, iqtidori yuksak oʻquvchilarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirish maqsadida tumandagi akademik litsey va barcha kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida Nizomda belgilangan 4 ta shart asosida oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovda barcha shartlar ijrosi boʻyicha yuqori natijalarga erishgan Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 1-oʻrin, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji 2-oʻrin, Mangʻit iqtisodiyot kolleji 3-oʻninni egalladi va Oʻzekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining qimmatbaxo sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻquvchi-yoshlari jamoasi koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish uchun yoʻllanma oldilar.

Robiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶