Jamiyat
👁 587
Navroʻzga bagʻishlangan bayram tadbiri
20-mart kuni 53-sonli umumtaʼlim maktabida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda maktab direktori T. Bekchanov soʻzga chiqib, barcha oʻquvchilarni, oʻqituvchilarni va tadbirda ishtirok etayotgan onalarni bahor bayrami bilan muborakbod etdi.
Shundan keyin maktabning tarix fani oʻqituvchisi O. Oʻrozboyev Navroʻz bayramining tarixi haqida maʼruza qildi.
Yasharish va yangilanish bayrami – Navroʻzga bagʻishlab oʻtkazilgan bu tadbir oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan sheʼr va qoʻshiqlar bilan davom etdi.
Bu bayram tadbiri barcha ishtirokchilar qalbida aʼlo kayfiyat uygʻotdi.
Yulduz Pajapova,
maktabda tashkil etiolgan
“Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶