Huquq bilimdonlari yangi koʻrik-tanlovga tayyorgarlik koʻrishayapti
Yaqinda 69-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq bilimdonlari –2018” koʻrik-tanlovi oʻtkazilib, unda 8-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan “Ombudsmon”, 9-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan “Adolat” va 10-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan “Barkamol avlod” jamoalari bellashdilar.
Bu bellashuvda yaxshi natijalarni qoʻlga kiritgan “Ombudsmon” va “Adolat” jamoalari koʻrik-tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan edilar.
Koʻrik-tanlovning Qilichboy ovulida boʻlib oʻtgan hududiy bellashuvida gʻoliblar qatoridan joy olgan ushbu jamoalardan faol bilimdonlar saralab olinib, yangi jamoa tashkil etilayapti.
Ushbu yangi jamoa joriy yilning 30-mart kuni koʻrik-tanlovning tuman bosqichida ishtirok etadi.
Malohat Kamolova,
maktabda tashkil etilgan
“Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶