Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir
Shu yilning 7-mart kuni 35-sonli umumtaʼlim maktabida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir boshlanashida maktab direktori Sh.Saidmurodov va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari K.Oʻrazmetovlar soʻzga chiqishib, ayol-qizlarni Xalqaro bayram bilan muborakbod etdilar, ularning ishlariga va oʻqishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.
Shundan soʻng maktab oʻqituvchisi D.Yuldasheva va maktabning boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisi N.Qurbonboyevalar soʻzga chiqishib, mamlakatimizda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar haqida, bunga javoban ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdilar.
Tadbirda maktabning badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbir yakunida faol oʻquvchi qizlardan bir guruhiga maktab maʼmuriyatining “Faxriy yorliq”lari topshirildi.
Zarifboyeva, maktabda tashkil etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶