Jamiyat
👁 767
IMKONIYaTI ChEKLANGAN BOLALAR KOʻNGLI OBOD BOʻLDI
Navroʻz bayrami arafasida bayramona shodiyonalar har bir mehnat jamoasida, oʻquv va madaniyat muassasalarida koʻtarinki ruhda nishonlashmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi Nilufar Xolboyeva 16-mart kuni 20 nafar imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun bahoriy dasturxon yozib, “Assalom, Navroʻz!” adabiy-musiqiy tadbir tashkil etdi. Bolajonlarga sovgʻalar ulashilib, tumandagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Boʻlib oʻtgan tadbirda koʻngillari quvonchga toʻlgan bolajonlarning oʻzlari ham sheʼrlar aytib, qoʻshiqlar kuylashdi.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶